11. Hayvonlarni sug‘orish qurilmalari, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi, ish jarayonini va rostlanishini o‘rganish (2 soat) Mashg‘ulotning maqsadi


Ferma va yaylovlarni suv bilan ta’minlash tizimi



Yüklə 57,11 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#207013
1   2   3   4
26.mavzu

3.2.3. Ferma va yaylovlarni suv bilan ta’minlash tizimi

  • Fermalarni suv bilan ta’minlashni mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini kamida 50...100 marta oshiradi, shuning uchun har qanday fermada birlamchi mexanizatsiyalanadigan jarayonlarga suv bilan ta’minlash kiradi va bu doimo har qanday sharoitda ham samaradordir. Buning uchun avvalo har fermada suv manbalarini, energiya vositalarining turi, fermaning suv sarfi, texnika vositalari va iqtisodiy imkoniyatlarni hisobga olgan holda suv bilan ta’minlashning umumiy sxemasi tanlanadi.

  • 3.2.2-rasmda fermalarda markazlashtirilgan va ishlab chiqarishda ko‘p ishlatiladigan suv bilan ta’minlashning umumiy sxemalari ko‘rsatilgan. Umumiy holda suv bilan ta’minlash sxemasi suv olish qurilmalari, nasos qurilmasi, bosimli suv saqlash minoralari yoki rezervuarlari, suv tarqatish qurilmalari, boshqaruv apparatlari va suv iste’molchilaridan iborat.



  • 3. 2.2-rasm. Fermalarni suv bilan ta’minlash sxemalari:

  • A-ochiq suv manbalaridan; B-trubali (artezian) quduqlar orqali;V-shaxtali quduqlardan; 1-qirg‘oq oldi qudug‘i; 2-nasos stansiyasi; 3-suv bosim baki; 4-suv tarmog‘i; 5-iste’molchilar; 6-artezian quduq; 7-cho‘ktirmali nasos o‘rnatilgan nasos stansiyasi; 8-suv bosim minorasi; 9-shaxtali quduq; 10-nasos stansiyasi; 11-bosimli havo-suv baki.

  • Yaylovlarni suv bilan ta’minlashda ayniqsa, mavjud manbalaridan, energetik vositalardan, suv ko‘tarish, saqlash, tashish qurilmalaridan unumli foydalanish, qo‘ychilik fermalardagi asosiy vazifalar tarkibiga kiradi. Ferma uchun ajratilgan yaylovni suv bilan ratsional ta’minlash uchun yaylov uchastka va zagonlarga bo‘linadi (3.2.3-rasm). Sug‘orish radiusi R (m), ya’ni sug‘orish punktidan yaylov uchastkasi chetigacha bo‘lgan masofa quyidagicha aniqlanadi

  • R = 0,5L, m (3.2.1)

  • bu erda l - yaylov uchastkasining uzunligi, m;





  • 3.2.3-rasm. Yaylovlarni suv bilan ta’minlash sxemasi:

  • 1-yaylov zagonlari; 2-otarning to‘xtash joyi; 3-sug‘orish punkti; 4-suv manbai; 5-qo‘ton; 6-zagonlar chegarasi; 7-hayvonlarning xarakat yo‘nalishi; 8-qo‘ylarni haydash yo‘lagi.




  • Rasmda ko‘rsatilgan yaylov maydoni 6 ta zagonga bo‘lingan va qo‘ylar qaysi zagonda boqilmasin doimo markazda joylashgan sug‘orish punktiga umumiy yo‘lak orqali keltirilib sug‘oriladi.

  • Sug‘orish navlari odatda g‘isht, beton, yog‘och yoki plastik materiallardan yasaladi va to‘g‘ri chiziqli bir qator holatda maydonga joylashtiriladi va ikki tomonidan suv ichiladi.

  • Sug‘orish navlarining umumiy uzunligi quyidagicha aniqlanadi

  • m (3.2.2)

  • bu erda Mo - otardagi jami qo‘ylar soni, bosh;

  • Dlc - bir bosh qo‘yning suv ichishdagi sug‘orish novini egallagan uzunligi, ya’ni sug‘orish fronti, m/bosh. Bu ko‘rsatkich qo‘ylar uchun Dlc = 0,25 m/bosh;

  • t - bir bosh qo‘yning suv ichish vaqti, min. Odatda qo‘yning suv ichish vaqti t = 3 min;

  • T - otarning suv ichish vaqti, min; T = 60 min = 1 soat.

  • Sug‘orish novlarining balandligi h=0,3...0,4 m holda o‘rnatiladi

    Yüklə 57,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin