Trubali quduqlar (3.2.1b-rasm). Bu turdagi quduqlar chuqurligi 50...300 metr, diametri 0,15...0,5 metrli va yon sirti trubalar bilan qoplangan zamonaviy suv olish qurilmalaridir. Quduq qoplama-sining ustki qismi er yuzasidan 0,5 m tepaga chiqariladi, pastki qismiga suv trubaning ichki qismiga o‘tkazish uchun teshikli trubalar o‘rnatiladi. Bu trubaning ichiga suv trubalari o‘rnatiladi va bu trubaning pastki uchiga nasos va elektr dvigateli o‘rnatiladi va bronlangan (himoyalangan) elektr uzatmasi bilan jihozlanadi. Artezian quduqlar quduq debitini aniqlovchi suv o‘lchagich, suv sathini aniqlagich, maxsus suv namunasini oluvchi kran bilan jihozlangan.
3.2.1-rasm. Shaxtali (a) va trubali (artezan) qurilmalarning sxemasi:
Suv olish qurilmalarining ya’ni quduqlarning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib ularning debitlari xizmat qiladi. Quduqning debiti deb uning vaqt birligi ichida suv bera olish qobiliyatiga aytiladi. Shaxtali quduqlarning debitini odatda quyidagi formula orqali aniqlash mumkin
Qsh=4K·H·r, m3/kun (3.2.1)
bu erda K - filtratsiya koeffitsienti (m/kun) bo‘lib, har xil tuproq uchun turlicha:
K = 500...900, galenchak o‘ta yirik qumli (d=3...5 mm) tuproq;
K = 200...600, graviya yirik qumli (0,5...1,0 mm) tuproq;
K = 50...400, yirik qumli (0,5...1,0 mm) tuproq;
K = 25...100, o‘rtacha qumli (0,25...0,5 mm) tuproq;
K = 10...40, mayda qumli (0,1...0,25 mm) tuproq;
K = 5...15, o‘ta mayda qumli (0,05...0,1 mm) tuproq.