Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Oliy oʻquv yurtlarida Python misolida predmetga yoʻnaltirligan



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Oliy oʻquv yurtlarida Python misolida predmetga yoʻnaltirligan 
dasturlash tillarini oʻqitishning maqsadi:

raqamlashgan jamiyatda kasbiy faoliyatiga mos ravishda zamonaviy 
kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan maqsadli hamda oʻrinli 
foydalana oladigan mutaxassislarni tayyorlash; 

talabalarda predmetga yo’naltirilgan dasturlash tillari boʻyicha 
tizimlashgan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish. 
Oliy oʻquv yurtlarida Python misolida predmetga yoʻnaltirligan 
dasturlash tillarini oʻqitish vazifalari:

talabalarni zamonaviy dasturlash tillari, paradigma hamda dasturiy 
ta’minotlar bilan ishlashga oʻrgatish; 

talabalarni predmetga yoʻnaltiriligan dasturlash paradigmalari yordamida 
dastur ishlab chiqish tamoyillari bilan tanishtirish; 

Python misolida predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tilining asosiy 
tuzilmalarini oʻrgatish; 

talabalar tomonidan turli shakl va mazmundagi ma’lumotlarni qayta 
ishlash algoritmlari bilan ishlash asoslarini oʻzlashtirilishiga erishish; 

Python dasturlash tilining talabalarga tanlagan yoʻnalishlariga mos 
keluvchi modullari va ularning tarkibiy qismlarini oʻqitish; 

Python tili imkoniyatlaridan maqsadli va oʻrinli foydalanish boʻyicha 
talabalarning koʻnikma va malakalarini shakllantirish, takomillashtirish va 
rivojlantirish.
Oliy oʻquv yurtlarining 60540200 -Amaliy matematika yoki boshqa turdosh 


83 
bakalavriat yoʻnalishlarida Python dasturlash tilini tanlov fanlari doirasida 2.01-
raqami bilan oʻqitish rejalashtirilgan. Bizning fikrimizcha bu dasturlash tilini oʻquv 
rejasining majburuy fanlar boʻlimiga olib oʻtish vaqti keldi. Shuningdek, uni 
koʻplab bakalavr ta’lim yoʻnalishlari uchun “Raqamli va axborot texnoligiyalari” 
fanining Namunaviy fan dasturi tarkibida kiritish maqsadga muvofiq boʻladi, deb 
hisoblaymiz. 
Kursning tayanch iboralarga asoslangan metodologik va texnologik 
materiallari raqamlashgan jamiyatning boʻlajak yosh mutaxassislarida axborot 
savodxonligi va ilmiy-amaliy dunyoqarashlarni shakllantirishda muhim poydevor 
boʻlib xizmat qiladi. 
Bakalavrlarning tanlagan faoliyat turlariga mos ravishda, predmetga 
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish jarayonida egallashlari kutilayotgan 
umummadaniy kompetensiyalari doirasida shakllantirilishi talab qilinadigan 
qobiliyatlar 2.1.1-jadvalda bayon etilgan [I.12]. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin