Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ishlab chiqarish va texnologik faoliyat hamda loyihalash boʻyicha



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Ishlab chiqarish va texnologik faoliyat hamda loyihalash boʻyicha: 
KK-6 
Internet va boshqa manbalardan olingan soʻnggi ilmiy va texnologik 
yangiliklar haqida ma’lumotlarni maqsadli qidirish; 
KK-7 
ilmiy, kasbiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan xulosa chiqarish uchun 
zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini toʻplash, qayta ishlash, sharhlash;
KK-9 
tizimli va amaliy dasturlash sohasiga oid algoritmik va dasturiy 
yechimlarni ishlab chiqish; 
KK-10 
zamonaviy dasturlash tillari, ma’lumotlar bazasi, operatsion tizim, 
dasturiy ta’minot va tarmoq texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda 
foydalanish;
Tashkiliy va boshqaruv faoliyati: 
KK-11 
kasbiy va ijtimoiy faoliyatda tashkiliy va boshqaruv koʻnikmalarini 
egallash va ulardan foydalanish; 
KK-12 
bajariladigan ishlar rejasini tuzish va nazorat qilish, zaruriy mehnat 
resurslarini taqsimlash, oʻz faoliyati natijalarini baholash; 
Pedagogik faoliyat: 
KK-14 oʻquv fanlarini oʻqitish metodikasini oʻzlashtirish; 


85 
KK-15 pedagogikaning zamonaviy usul va oʻquv vositalarini amaliyotda qoʻllash; 
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan faoliyat: 
KK-17 
aholining elektron savodxonligini oshirish, axborot xizmatlaridan umumiy 
foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash 
Bu maqsad va vazifalarni samarali hal qilish uchun, Informatika va axborot
texnologiyalari (raqamli va axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, algoritmik 
tillar v.b.) fani doirasida predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitish 
jarayonida talabalar taqdim etilayotgan bilimlarni puxta oʻzlashtirishning quyidagi 
ahamiyatlarini chuqur his qilishlariga erishish lozim: 

aqliy rivojlanishga ijobiy ta’sir koʻrsatadi; 

oʻrganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash va 
chuqur kirib borishida koʻmakchi boʻladi; 

kasbiy va boshqa turdagi faoliyatlar uchun eng muhim va amaliy 
yordamchi vazifasini oʻtaydi; 

rejali fikrlashga oʻrgatadi va h.k.
Boʻlajak mutaxassislar mehnat faoliyati uchun yetarli hajmdagi kasbiy 
mobillik boʻyicha koʻnikmalarni egallab, raqamlashtirilgan jamiyatda sodir 
boʻlayotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ilmiy va amaliy faoliyatdagi oʻzgarishlarga 
tezkorlik bilan moslasha olish qobiliyatiga ega boʻlishlari lozim. Bu muammoni 
ta’lim muassasalari bitiruvchilarini fanlararo umumiy metodologiyalarning biri 
sifatida informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy yutuq va natijalari 
bilan qurollantirish yordamida hal qilish mumkin. Faqat shu holdagina, yosh 
mutaxassis egallagan bilim, malaka va koʻnikmalarini kasbiy, siyosiy, ijtimoiy, 
madaniy, ma’naviy va boshqa turdagi faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan turli 
shakl va mazmundagi muammolarni hal qilish jarayonida qoʻllashga qodir boʻladi. 
Dasturlash tillari tarixida katta sondagi dasturlash tillari ishlab chiqilgan 
boʻlib, ularning ellikka yaqini dasturchilar tomonidan keng foydalanayotganligini 
ilgari ta’kidlab oʻtgan edik. Oliy oʻquv yurtlarida bu tillarning hammasini 
oʻqitishning iloji yoʻq. Shu sababli, dasturlash tillaridan qaysi birini oʻqitish uchun 
tanlab olish masalasi hozircha ochiq turibdi. Bu muammoga maqsadli va har 


86 
tomonlama asoslangan javob axtarish oʻrniga, shoshma-shosharlik bilan eng 
zamonaviy va eng yangi dasturlash tilini oʻqitish toʻgʻri hisoblanmaydi. Dasturlash 
tillari orasida oʻz oʻrnini topa olmay, jadallik bilan “yoʻqolib” ketganlari juda ham 
katta sonni tashkil qiladi. Bu oʻrinda, hammasi boʻlib, 9000 ga yaqin dasturlash 
tillari ishlab chiqilganligini (dissertatsiyaning 
34-betiga
qarang) yana bir bor yodga 
olish lozim. Shuning uchun oʻqitiladigan dasturlash tilini tanlashda quyidagi 
holatlarni nazarda tutish talab qilinadi:
1) tanlab olingan til keyinchalik dasturchilar oʻrtasida e’tibor qozonmasligi 
va umuman, oʻz oʻrniga ega boʻlmasligi mumkin. Dasturlash tillarining tarixi 
bunga koʻp martalab guvohlik qilgan. Bu oʻrinda N. Virtning “eng zamonaviy 
degani bu hali eng yaxshi va qulay degani emas” [III.15] degan soʻzlarini doimo 
eʻtiborda tutish lozim; 
2) bu til boshqa tillarga nisbatan boʻlajak yosh mutaxassislarning kasbiy va 
hayotiy faoliyatlari uchun belgilangan vazifalarni hal qilishda katta yordam bera 
olmasligi; 
3) bu tilning imkoniyatlari keng boʻlsada, oʻrganish va amalda qoʻllash 
uchun noqulay boʻlishi; 
4) turli soha va keng doiradagi masalalar uchun dastur ishlab chiqish 
amaliyotiga tatbiq qilishninig iloji boʻlmasligi. 
Bundan tashqari, oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlashda fan boʻyicha 
olimpiadalardagi yangi yoʻnalishlarni (minimaks masalalari, lingvistika, sun’iy 
intellekt, tarmoq bilan ishlash va h.k.) ham e’tiborga olish ham ziyon qilmaydi.
OTMda dasturlash asoslarini oʻrgatish jarayonida shuni yodda tutish 
lozimki, dasturchilik amaliyotida dasturchilar turli shakl va mazmundagi koʻplab 
yangiliklarga duch kelishadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida raqamlashgan 
jamiyatning yosh mutaxassislarini quyidagi holatlarga oʻrgatish talab qilinadi: 

jamiyat, ijtimoiy va iqtisodiy hayot, fan, texnika va boshqa sohalarda yuz 
berayotgan yangiliklarni tez va mustaqil ravishda baholash va oʻzlashtirishga; 

yuz berayotgan oʻzgarishlarga moslashishga; 

faoliyatida duch keladigan yangi masalalar uchun tegishli texnik va 


87 
dasturiy vositalarni oʻrinli tanlab olishga. 
Bu oʻrinda OTM larning dasturchi tayyorlashga moʻjallangan ta’lim 
yoʻnalishi bitiruvchilari predmetga yoʻnaltirligan dasturlash texnologiyalari bilan 
ishlash uchun yetarli tushuncha, bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari 
talab qilinadi.
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, faoliyati axborotlarlarni yigʻish, saqlash, qayta 
ishlash va uzatish bilan bogʻliq boʻlgan bakalavriyat yoʻnalishlari (jumladan, 
amaliy matematika yoʻnalishida ham) quyidagi vazifalar ularning kasbiy 
tayyorgarlik darajalariga qoʻyiladigan talablarda [I.13] belgilab berilgan:
60540200 – Amaliy matematika 
ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Milliy malaka 
ramkasining [I.9] 6-malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining 
sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy 
vazifalarni bajarishga qodir bo’lishlari lozim: 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin