Predikatlar va kvantorlar Tayanch iboralar



Yüklə 127,01 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü127,01 Kb.
#168846
  1   2   3   4   5
5-maruza matn predikat


Predikatlar va kvantorlar
Tayanch iboralarpredikatlar algebrasi, predikatning aniqlanish sohasi, predikatning rostlik to`plami, rostlik to`plami, predikatlar konyunksiyasi, diz’yunksiyasi, ekvivalensiyasi, implikatsiyasi, inkori, kvantor tushunchasi, umumiylik kvantori, mavjudlik kvantori, paradoks, kutilmagan, g`alati, shubhasiz to`g`ri, yolg`onchi va refleksivlik paradokslar, sofizm, hiyla, Zenon masalalari.
1. Predikatlar va ular ustida amallar
Predikatlar haqida tushuncha. Mulohazalar algebrasi fan va amaliyotning murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarish uchun yetarli bo`lmaydi. Bunday murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarishda mulohazalar algebrasini ham o`z ichiga oluvchi predikatlar algebrasi muhim o`rin tutadi.
Biz soroq va his-hayajon gaplar mulohaza bo`lmasligini bilamiz, xuddi shu qatorda noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Bunday gaplar predikatlar deb ataladi. Shu o`rinda predikatlar mulohazaga aylanadimi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Biz quyida ana shu masalani ko`rib o`tamiz.
Ayrim darak gaplarda o`zgaruvchilar qatnashib, shu o`zgaruvchilar o`rniga aniq (tegishli) qiymatlarni qo`ysak, mulohaza hosil bo`ladi.
1-Ta’rif. O`zgaruvchi qatnashgan va shu o`zgaruvchining o`rniga qiymatlar qo`yilganda rost yoki yolg`on mulohazaga aylanadigan darak gap predikat deyiladi.
Masalan, “Bu yozuvchi Angliyada ijod qilgan” va “U Angliyada ijod qilgan” darak gaplarida o`zgaruvchi “Bu yozuvchi” so‘z birikmasi yoki “u” olmoshning o`rniga “Shekspir” qiymatni qo`ysak, “Shekspir Angliyada ijod qilgan” rost mulohazani, “Gyugo” qiymatni qo`ysak “Gyugo Angliyada ijod qilgan” yolg`on mulohazani hosil qilamiz.
Xuddi matematikadagidek, x orqali o`zgaruvchini belgilasak yuqoridagi darak gaplarni “x yozuvchi Angliyada ijod qilgan” deb yozish mumkin.
Predikatlar tarkibida bir yoki bir nechta o`zgaruvchi qatnashishi mumkin, qatnashgan o`zgaruvchilar soniga qarab predikat bir o`rinli, ikki o`rinli va hokazo bo`ladi va kabi belgilanadi.

Yüklə 127,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin