sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan
ko’riladigan har qanday zararga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo
inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki,
oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobay-nida osha
boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu
iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtiso-diyotning pasayish
dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir.
Bu erda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish
(inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, in-qiroz umumiy
ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta xatodir. «Bu
faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita
sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa –
taklifni kamay-tirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda
J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir.
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz val-
yutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli
baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar
konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q)
baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)i ning kelib
chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825
yildagi inqiroz bunga misol bo’la oladi. Ammo keyingi 1847 yildagi
inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo
inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra, tovarlarning ortiqchaligi yuzaga
keladi, ya’ni pul taklifining etishmasligi kelib chiqadi».
Dostları ilə paylaş: