Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

o‘ttiz besh nafardan
oshmasligi kerak.
Professional ta’lim
(10-modda). Professional ta’lim egallanadigan 
kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
-boshlang‘ich professional ta’lim;
-o‘rta professional ta’lim;
-o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf 
bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 
umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki-yillik 
integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-
shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan 
kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki-yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki 
va sirqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim 
hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, 
o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim 
negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar 
hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 
davomiyligi kamida ikki-yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim 
shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim 
(11-modda). Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 
va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar 
tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (uni-
versitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. 
Umumiy o‘rta (o‘n bir-yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz-yillik tayanch 
o‘rta va ikki-yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim 
(to‘qqiz-yillik tayanch o‘rta va ikki-yillik boshlang‘ich professional 


143
ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirgunga qadar 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz-yillik umumiy o‘rta va uch-
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot 
olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga – bakalavriat va magistvratura bosqichiga 
ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlash-
tirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar beradigan, o‘qish davomiyligi 
kamida uch-yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizida aniq mutaxassislik 
bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir-yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli 
davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy 
ma’lumotni olish huquqiga ega.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin