1
1-MAVZU. BANK TIZIMI. ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.
MARKAZIY BANK
Markaziy bank nima?
Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda
to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan muassasadir.
Buning uchun
Markaziy bank pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir
necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi,
tartibga soladi va nazorat qiladi.
Ba’zan mamlakatlarda mega-tartibga soluvchi (mega-regulyator) bo‘lgan markaziy banklar
mavjud va ular sug‘urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham
tartibga soladi.
Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya’ni
jismoniy va yuridik shaxslarga kredit, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish,
shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa
yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas.
Markaziy banklarning kelib chiqish tarixi
Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy
banklarga berilgan imtiyozda, ya’ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon
bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari
o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangani sari bir necha yirik tijorat
banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada
banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.
Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga
to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini
nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qaerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim
iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil
topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (SHvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda
tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa
1800-yilda.
An’anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor.
2
Markaziy bank:
a) mamlakatning emission markazi, ya’ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga
ega;
b)
banklar banki
, ya’ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat
banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va
professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan
miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi kreditor instansiyasi), nazorat qilish.
v)
mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi.
Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining hisob-kitobi
(kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;
g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ.
Tartibga solish funksiyasi
- pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul
emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati,
ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.
Tartibga solish funksiyasi
nazorat funksiyasi
bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal
zaxira siyosatini o‘tkazishda, Markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma’lumot
oladi.
Nazorat funksiyasiga
bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini
aniqlash kiradi, ya’ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan
tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me’yorlar ishlab
chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.
Iqtisodiy normativlar
– Markaziy bank tomonidan belgilanadigan pul aylanmasini boshqarish
va bank faoliyatini tartibga solish uchun normativlardir. Masalan, ularga majburiy zaxira
me’yori, likvidlik koeffitsenti, kapitalning etarliligi va boshqalar kiradi.
Millatlararo markaziy banklar ham mavjud, masalan Evropa markaziy banki.
Evropa markaziy banki - evro hududining markaziy banki hisoblanadi. 1998 yil 1 iyunda
tashkil topgan. Uning shtab-kvartirasi (qarorgoxi) Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida
joylashgan.
Uning boshqaruv organi tarkibiga Evropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning
vakillari kiradi. Bank Evropa ittifoqining boshqa organlaridan butunlay mustaqil.
3
Kapital tashkil etish shakliga ko‘ra markaziy banklar quyidagilarga bo‘linadi: davlat,
aksioner, aralash.
Davlat
markaziy banklarida kapital davlat hisobidan shakllantirilgan (masalan, bank tashkil
etilgan paytida, Germaniya federal banki kabi, yoki Buyuk Britaniya va Fransiya Markaziy
banki kabi, davlat, mavjud bo‘lgan tijorat bankni milliylashtirganidan keyin).
Aksionerlik
markaziy banklarda kapital aksiyadorlar hisobidan shakllanadi (masalan, AQSH
Federal zaxira tizimining kapitali tijorat aksiyadorlik banklar hisobidan shakllangan).
Aralash
markaziy banklarda kapitalning bir qismi davlat tomonidan, qolgan qismi esa xususiy
aksiyadorlar tomonidan shakllanadi (masalan, YAponiya bankida davlat 55% aksiyalarga
egalik qiladi).
Turli mamlakatlarda markaziy banklarning nomlari uchun turli atamalar ishlatiladi:
markaziy, davlat, zaxira, milliy va boshqalar:
“Milliy bank” nomi
Abxaziya, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Moldova, Tojikiston, Ukraina va SHveysariyalarda qabul qilingan;
“Markaziy bank”
- Armaniston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va
O‘zbekistonda;
“Xalq banki”
– Bolgariya va Xitoyda;
“Bank”
nomining o‘zi - Isroil (Isroil banki), Kanada, Litva, Latviya, Estoniya va
YAponiyada.
yoki,
Singapurning pul-kredit boshqarmasi, Avstraliya zaxira banki, AQSH Federal
zaxira tizimi va boshqalar.
Qiziqarli!!!
Federal zaxira tizimi (Federal Reserve System, FZT, Federal zaxira, FED) –
1913 yil 23 dekabrda Amerika Qo‘shma SHtatlari markaziy banknining vazifalarini
bajarish va tijorat bank tizimi ustidan markazlashtirilgan nazoratni amalga oshirish uchun
maxsus yaratilgan mustaqil federal agentligidir. Federal zaxira tizimiga yirik shaharlarda
joylashgan 12 ta federal zaxira banklari kiradi.
O‘zbekiston Markaziy banki
O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
4
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR
Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil
etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun
hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi:
Markaziy bankning 14 ta hududiy bosh boshqarmalari, shu jumladan o‘n ikkita hududiy
bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha asosiy territorial boshqarmasi;
10 ta tasarrufdagi tashkilotlar
.
2.
TIJORAT BANKLARI
Tijorat banki nima?
Tijorat banki
– tijorat asosida bank faoliyati, ya’ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni
taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi
amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari - bo‘sh pulga
(jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari nima uchun kerak?
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan
jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu
vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan
ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash
sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va
investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
O‘zbekistonda tijorat bank faoliyatini yuritish uchun Markaziy bank tomonidan beriladigan
bank litsenziyasini olish zarur. Ushbu litsenziya muddatsiz va uchinchi shaxslarga berilishi
mumkin emas.
5
Tijorat banklari qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Birinchidan,
banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini
ta’minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni
ko‘paytirib beradi.
Muhim!!! Sizning omonatingiz xavfsizligi
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini
kafolatlash fondi
tomonidan uning hajmi va valyutasidan qat’iy nazar to‘liq kafolatlanadi
Ikkinchidan,
Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun
jamg‘armalaringiz etarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin.
Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun
kreditlar olishingiz mumkin.
Uchinchidan,
banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi,
ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga
oshirish oson.
To‘rtinchidan,
naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq
ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov
yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.
Shuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish
va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho
narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq
xizmatlar ko‘rsatadi.
Shu bilan birga tijorat banklariga moliyaviy amaliyotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab
chiqarish, savdo, sug‘urta va boshqa faoliyat bilan bevosita shug‘ullanish taqiqlanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, tijorat banklarining asosiy maqsadi foyda olishdir. Banklar
qanday qilib foyda olishini ko‘rib chiqaylik.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:
Jismoniy shaxslarga
YUridik shaxslarga
Pul o‘tkazmalari
Omonatlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari
Konversion amaliyotlari
Pul o‘tkazmalari
Depozitlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari,
shu jumladan xorijiy valyutada
6
Mobil banking
Individual seyf va yacheykalar
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
To‘lovlarni qabul qilish
Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
Jamg‘arma sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Lizing
Faktoring
Konversion amaliyotlari
Internet-banking
Individual seyf va yacheykalari
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
Xorijiy kredit liniyalari
Loyihalarni moliyalashtirish
Sug‘urta tashkilotlar nomidan
sug‘urta shartnomasini tuzish
Omonat sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Tijorat banklari daromadlari:
Foizlar evaziga daromadlar:
Foizsiz daromadlar:
kreditlar
boshqa tijorat banklariga
berilgan karzlar
investitsiyalar
qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib
olish kelishuvlari
Markaziy bankdagi hisoblar
qarz majburiyatlariga investitsiyalar
lizing operatsiyalari va hokazolar
mijozlar uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari
bank kafolatlarini taqdim etish
mijozlarning valyuta shartnomalari
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
konversiya amaliyotlari
brokerlik va depozitar xizmatlari
plastik kartalar bilan amaliyotlar
ishonchli boshqarish amaliyotlari
faktoring xizmatlari
depozit saqlash va boshqalar
Daromad bilan bir qatorda banklarning etarli xarajatlari mavjud:
foizlar bo‘yicha xarajatlar:
talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar hisobvaraqlari,
muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to‘lovlar, to‘lanadigan
kreditlar bo‘yicha;
7
foizsiz xarajatlar:
komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank
reklamasi yoki tadbirlarni o‘tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o‘zgarishlaridan
yo‘qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;
operatsion xarajatlar:
ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari,
xizmat safarlari, amortizatsiya, sug‘urta, soliqlar va boshqalar;
birlashmalarga
a’zolik badallari
uchun to‘lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga
mablag‘lar to‘lovlari.
Yuqorida aytilgan daromad va xarajatlarning o‘rtasidagi farqi tijorat banklarining
foydasi hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari
nima uchun farq qilishini tushuntiradi.
3.
XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR
Xalqaro moliya tashkilotlari nima va ularning
jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni qanday?
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga
mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va
moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT)
- xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro)
bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
davlat;
nodavlat tashkilotlar.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili;
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
investitsion faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);
davlat loyihalarini kreditlash;
xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
xayriya faoliyati.
8
Bugungi kunda qanday XMTlar faoliyat ko‘rsatmoqda?
Xalqaro valyuta jamg‘armasi
1945 yilda tashkil topgan bo‘lib
, xalqaro valyuta tizimining
rivojlanishini hamda 189 ta a’zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-
quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga
duch kelayotgan a’zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini
barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish
uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.
Jahon banki guruhi
vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional,
tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investitsiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
9
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi
rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida
bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi
har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zladi belgilangan sharoitda
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga
asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank.
Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-
quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar,
kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi
eng yirik bank hisoblanadi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib,
dunyodagi eng
qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YAIMning qiymati aholi
jon boshiga 835 AQSH dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa
ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan
muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA)
o‘z faoliyatini 1988
yilda boshlagan
va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek
maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni
mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy
tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.
Investitsiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga
1966 yilda asos solingan
bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj
tashkiloti (
xalqaro investitsiyaviy arbitraj
) hisoblanadi.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib,
ochiq
bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va SHarqiy Evropa
davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi
institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e’tibor qaratgan holda, loyihalarga
sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovatsiyalarni
rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam
ko‘rsatadi.
10
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB)
1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib
, u mintaqalarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini
rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a’zo mamlakatlardagi xususiy
korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi.
OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va
mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan
loyihalarni moliyalashtiradi.
Osiyo infratuzilma investitsiya banki (OIIB)
Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini
qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy
institutdir.
U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a’zo.
OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikatsiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta’minoti va kanalizatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda
shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni
moliyalashtirishni taklif etadi.
2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik alyansining (MOA)
maqsadi moliyaviy
ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan
foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish
imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga
soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Alyans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy
rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a’zo mamlakatlarga grantlar va
texnik yordam ko‘rsatadi.
Islom taraqqiyot banki (ITB)
- islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama
rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a’zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib,
a’zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni
qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi
Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK),
1999 yilda
tashkil
etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik
platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investitsiyaviy bitimlar va
boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta’minlaydi.
11
Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda
ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.
1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK)
Islom
taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom
dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni
rivojlantirish dan iborat.
1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining
(XQXRJ)
asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va kam ta’minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy
resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta’minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining
ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga
sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati, soliq-byudjet
siyosatini takomillashtirish va moliyaviy ko‘rsatkichlar statistikasi tizimini
takomillashtirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
Markaziy bankning rasmiy veb-saytida
keltirilgan.
4.
MIKROKREDIT TASHKILOTI
Mikrokredit tashkiloti nima va u qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Mikrokredit tashkiloti bank va boshqa muassasalar bilan bir qatorda kredit tashkiloti
hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida
faoliyat yuritadi.
Mikrokredit tashkiloti ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida mikrolizing (moliyaviy ijara)ni taqdim
etish;
iste’mol kreditlarini taqdim etish;
qarz majburiyatlarini sotish va sotib olish (faktoring).
Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan farqi nima?
Mikrokredit tashkilotining tijorat bankidan asosiy farqi shundaki, u kredit mahsulotlarini faqat
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda taqdim etish huquqiga ega.
12
Mikrokredit tashkiloti faoliyatida qanday cheklovlar mavjud?
Mikrokredit tashkiloti quyidagilarga haqli emas:
qarz majburiyatlarini chiqarish hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni
(depozitlarni) qabul qilish;
jismoniy shaxslardan qarz mablag‘larini jalb qilish. Ta’sischilar (ishtirokchilar, mulkdorlar)
bundan mustasno;
mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz miqdorining
yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, komission to‘lovlar va
neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
o‘z muassislarining (ishtirokchilarining, mulkdorlarining) majburiyatlari bo‘yicha kafil
bo‘lishiga yoki kafolat beruvchi bo‘lishga, shuningdek ularga o‘z majburiyatlari
bajarilishini ta’minlashning boshqa usullarini taqdim etishga haqli emas.
Mikrokredit tashkilotidan qaysi miqdorda qarz olishim mumkin?
Bu savolga javob berish uchun mikromoliyalashning quyidagi turlarini ko‘rib
chiqamiz:
Mikroqarz
bu – qarz oluvchi jismoniy shaxsga 50 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda
to‘lovlik, muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokreditlar
– bu qarz oluvchiga 300 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda to‘lovlik,
muddatlilik va qaytarishlik shartlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
taqdim etiladigan mablag‘lardir.
Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun
ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) berilishi mumkin.
Mikrolizing
– mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan mol-mulk olish
hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan
shartlar asosida xaq evaziga berish nazarda tutilgan xizmatdir.
Mikrolizing
tadbirkorlik
faoliyatini
amalga
oshirish
uchun
600
million
so‘mdan oshmaydigan summada beriladi
.
Mikrokredit tashkiloti xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
Mikrokredit tashkilotlarning xizmatidan foydalanishda birinchi o‘rinda Ciz, o‘zingizga eng
maqbul shartlardagi takliflarni tanlashingiz zarur.
13
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatish shartlari haqidagi ma’lumotlarni
mikrokredit tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida
(
mikrokredit tashkilotlari ro‘yxati
)
yoki
ularning ofislariga tashrif buyurgan holda bilib olish mumkin.
Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi mikrokredit tashkilotini tanlagach, unga yuridik va
jismoniy shaxslar mikromoliyaviy xizmatdan foydalanish uchun ariza hamda o‘z faoliyati va
daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishadi.
MKTdan qarz olganingizda kredit summasi, MKT oldidagi majburiyatlaringizning
bajarilishi haqidagi ma’lumotlar kredit byurosiga taqdim etiladi. Buni hisobga olgan holda,
kredit tarixingiz buzilmasligi uchun Siz o‘z majburiyatlaringizni vaqtida bajarishingiz lozim.
5.
LOMBARD
Lombard - nima va qaysi hollarda lombarddan foydalanish qulay?
Agar biron-bir sabablarga ko‘ra sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lganda hamda biror kimdan
qarz olish yoki bir necha soat ichida kredit olish imkoni bo‘lmasa, Siz, lombardda uch oydan
oshmaydigan kreditni qimmatbaho ko‘char mol-mulkingiz garovi evaziga olishingiz mumkin.
Lombard xizmatlarining qulayligi shundaki, kreditni olish uchun uzoq vaqt
sarflanmaydi va ko‘p xujjatlar talab qilinmaydi.
Lombardda kreditni olish va qaytarish sxemasi quyidagicha:
Siz lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim kilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga
qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni
taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat,
shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
olgan hujjatlar ;
Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;
Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz
ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va
ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi (bilet).
Lombard garovga qo‘yilgan mulklardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga
haqli emas. Shuningdek, lombard garovga qabul qilgan mulkni garovga qabul qilish
paytida shunga o‘xshash va shunday sifatga ega mulklarning narxlariga mos bahodagi
to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.
14
Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar
qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin. Uchinchi shaxs garovga qo‘yilgan mol-
mulkni faqat mol-mulk egasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan ishonchnoma orqali
olishi mumkin.
Agar kreditni so‘ndirish ilojisi bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk lombard tomonidan
sotiladi va kredit, kredit bo‘yicha foizlar, jarima (neustoyka) va uni sotish bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. SHu bilan, garovga qo‘yilgan
mol-mulkni sotuvidan olingan mablag‘ etarli bo‘lmagan taqdirda, lombardga bo‘lgan qarz
yopiladi.
Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish chog‘ida olingan summa lombardga
to‘lanilishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, u holda Sizga farqi (tafovuti) to‘lanadi.
Lombardda garov mol-mulkini yo‘qotishsa yoki zarar etkazishsa, nima qilish kerak?
Garovga qo‘yilgan mol-mulk
yo‘qotilgan yoki etishmagan taqdirda, lombard, garov biletida
ko‘rsatilgan baholash summasiga muvofiq uning qiymatini mol-mulkning egasiga qaytarishi
shart.
Garovda ushlab turilgan mol-mulkka
zarar etkazilgan hollarda, lombard, etkazilgan
shikast engib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga
qo‘yuvchi mulkdorga taraflarning kelishuvi bilan belgilangan lekin garov biletida ko‘rsatilgan
mol-mulkning qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lab berishi shart.
Kreditni so‘ndirguncha garov sifatida taqdim etilgan mol-mulkni garovga oluvchi sotishi
mumkinmi?
Kredit summasi belgilangan muddatda qoplanmaganligi taqdirda, lombard, notariusning ijro
yozuvi (ijro etish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi tartibot hujjati) asosida imtiyozli bir oylik
muddati o‘tganidan so‘ng garov mol-mulkini sotishi mumkin.
Lombardlar tomonidan beriladigan kreditlarning ijobiy va salbiy tomonlari
+
Olish osonligi:
garov mol-mulki va bir nechta hujjatlar kerak xolos;
+ Tezligi:
kredit olish jarayoni uzoq vaqt talab qilmaydi;
+ Xatar (risk) pastligi:
agar qarzni to‘lash imkoni bo‘lmasa, uning so‘ndirilishi garovga
qo‘yilgan mol-mulkning hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablag‘ lombardning talablarini
to‘liq qondirish uchun etarli bo‘lmasa ham;
- Foiz
: Lombardlar karzlarni juda yuqori foizda berishadi.
15
Lombardlar yana qanday xizmatlarni taqdim etadi?
Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan fuqarolarning ko‘char mol-mulklarini saqlash
uchun ham qabul qilishlari mumkin. Saqlash uchun mol-mulkni qabul qilishda, lambard
mijozga shaxsiy saqlash kvitansiyasini beradi.
Lombardga topshirilgan narsa baholanishi va uning to‘liq baholangan summasiga
muvofiq mijozning foydasiga sug‘urtalanishi lozim.
Mijoz ashyoni qaytarib olishdan bosh tortgan holatda, lombard ushbu ashyolarni uch oy
muddat ichida saqlashi kerak. Uch oy o‘tgandan so‘ng talab qilib olinmagan ashyolarni
lombard sotishi mumkin.
Lombard aholi omonatlarini bank sifatida qabul qiladimi?
Lombardlar omonatlarni qabul qilishi taqiqlangan (ruxsat berilmagan). Lombardlar tijorat
banklaridan mablag‘lar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta’sischilardan qarz
mablag‘larini jalb etishga haqli.
Lombardlar faoliyatini tartibga kim soladi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun bilan belgilangan tartibda lombardlar
faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Markaziy Bank saytida
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan lombardlar ro‘yxati mavjud.
6.
SUG‘URTA TASHKILOTLARI
Cug‘urta kompaniyalari qanday ishlaydi?
“Men sug‘urta to‘lovlari tufayli xonavayron bo‘lgan oilalarni bilmayman,
lekin to‘lovlar qilinmaganligi sababli xonavayron bo‘lgan oilalarni bilaman.”
Uinston CHerchill
Sug‘urta nima uchun kerak?
Sug‘urta
– mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa
yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta
majburiy
yoki
ixtiyoriy
bo‘ladi.
Misol sifatida, avtomobil sug‘urtalashni ko‘rib chiqamiz:
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish:
birovning avtomobiliga zarar etkazilganda javobgarligingizni sug‘urta qiladi;
jabr ko‘rgan begunoh shaxslarga etkazilgan zararni qoplash tartibi bo‘yicha g‘amxo‘rlik
qilish orqali muhim ijtimoiy rolga ega;
16
avtomobilning quvvati va foydalanish hududiga qarab belgilangan hamda sug‘urta
to‘lovining qat’iy miqdoriga ega.
Avtomobilni ixtiyoriy sug‘urta qilish (KASKO):
yo‘llar, avtomobillar turargoxi va boshqa joylarda har qanday yo‘l hodisalari tufayli
avtomobilingizga etkazilgan zararni sizning aybingiz bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan
qat’iy nazar qoplashni ta’minlaydi;
avtomobil egalarining mulkiy huquqlarini himoyalash va qo‘riqlash orqali ularning shaxsiy
manfaatlari himoyasida turadi;
polis narxi turli tashqi o‘zgaruvchan omillarga qarab belgilanmaydi;
sug‘urta qoplamasi sug‘urta shartnomasining miqdoriga bog‘liq, ammo sug‘urtalangan
transport vositasining to‘liq qiymatidan oshib keta olmaydi.
Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?
O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori -
Sug‘urta bozorini rivojlantirish
agentligi
bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini litsenziyalaydi, sug‘urta
to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi.
Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud:
sug‘urta qiluvchi
va
sug‘urta
qildiruvchi
.
Sug‘urta qiluvchi
– risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi
kompaniya.
Sug‘urta kompaniyalari – jismoniy (fuqarolar) va yuridik shaxslar (korxonalar)
xatarlarini tuzilgan shartnoma asosida sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus
turi.
14 iyun 2022 yil holatiga ko‘ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 42 sug‘urta kompaniyalari
faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sug‘urta qildiruvchi
- sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urta bozori ishtirokchilari
- sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi agent va broker
vositachilari orqali ham faoliyat yuritishlari mumkin. Ular sug‘urta mukofotining muayyan
ulushini komissiya (xizmat haqqi) sifatida oladilar (sug‘urta qildiruvchi shartnoma bo‘yicha
beradigan badal).
Agentlar
litsenziyaga muhtoj emas, ular sug‘urta kompaniyasi nomidan ish yuritadi, va albatta
uning manfaatlarini himoya qiladilar.
Brokerlar
litsenziyaga ega bo‘lishlari va mustaqil ishlashlari kerak, ya’ni turli xil sug‘urta
kompaniyalarni taklif qilish orqali mijozning ehtiyojlarini optimal darajada qondiradilar.
17
Sug‘urta zaxirasini ko‘paytirish uchun sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qildiruvchilarning
mablag‘larini taqsimlash bilan shug‘ullanadilar.
Sug‘urta kompaniyasining daromad manbai uning investitsion faoliyati hisoblanadi. U yig‘gan
pul mablag‘lari, kelgusi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan sug‘urta zaxiralarining miqdori
hisoblanadi.
Bu pul mablag‘larini sarflash mumkin emas, lekin ularni daromad olish maqsadida omonatlar
sifatida banklarda joylashtirish orqali ishlatish mumkin.
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qanday sug‘urta turlari taqdim etiladi?
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan asosiy
xizmatlaridan biri:
Transport vositalarini sug‘urtalash;
Tibbiy sug‘urta;
YUklarni sug‘urtalash;
Ipoteka sug‘urtasi;
Mol-mulkni sug‘urtalash va boshqalar.
Sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Litsenziya.
Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga
ega yoki yo‘qligini tekshiring. Buni O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar Portali
saytida amalga oshirish mumkin. «Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta brokerlarining sug‘urta
faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziyalar reestri» jadvalini ko‘rib
chiqing.
Tariflar
. Sug‘urta tariflari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Juda
past tariflar firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin. Polisning taxminiy qiymati sug‘urta
kompaniyalari veb-saytlarida onlayn-kalkulyator orqali hisoblanishi mumkin. Turli
kompaniyalar xarajatlarini hisoblab va natijalarini solishtirib ko‘ring. E’tibor bering:
shartnomada nazarda tutilgan risklar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta narxi shuncha yuqori
bo‘ladi.
Shartlar
. Sug‘urta shartlarini diqqatlik bilan o‘qib chiqing. Sug‘urta polisidan tashqari
sug‘urta shartnomasini albatta ko‘rib chiqing. Sug‘urta hodisasi belgilari keltirilgan bandiga
alohida e’tibor bering. Sug‘urta nimalarni qoplamasligini bilib oling. Turli vaziyatlarda zararni
qoplash tartibini aniqlashtirishni unutmang va kompensatsiya to‘lash muddatlari haqida
so‘rang.
Dostları ilə paylaş: |