181
Davlatning monopoliyalarga qarshi amalga
oshiradigan iqtisodiy chora-
tadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
1.
Monopol mahsulotning o‘rnini bosuvchilarini ishlab chiqaruvchilarini
rag‘batlantirish;
2.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
3.
Xorijiy investittsiyalarni jalb qilish, qo‘shma
korxonalar va erkin savdo
zonalari tashkil qilish;
4.
Taqchil tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlarni
davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.
Davlatning monopoliyalar faoliyatini tartibga solish usullari quyidagi
maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi.
bozorning monopollashuvini cheklash;
doimiy davlat monitoringini amalga oshirish;
monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash;
raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash ya‘ni
raqobatchi kompaniyalar
qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi davrda: ―iqtisodiy tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh
muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida
monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖
37
davlat antimonopol siyosatining
negizini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: