Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat 
– tovarlarni qulay 
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
yuqori foyda olish, iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan 
iborat. 
Raqobat shakllari 
– raqobatchilik muhitning etuklik darajasi bilan farqlanib, 
sof (erkin) raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyani o‘z ichiga 
oladi. 
Raqobat usullari 
– raqobat kurashida qo‘llaniladigan vosita va dastaklardan 
iborat bo‘lib, bunda raqobat narx vositasida va narxsiz raqobatlashish usullari 
orqali amalga oshiriladi. 
Muhokama uchun savollar
1.
Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering. 
2.
Raqobatchilik munosabatlarining rivojlanishi qanday bosqichlardan 
iborat? Har bir bosqichda raqobatning xarakteri va asosiy belgilarini ajratib 
ko‘rsating. 
3.
Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos 
belgilarini ko‘rsating. 
4.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering. 


170 
XI BOB. ANTIMONOPOL QONUNCHILIK VA MONOPOLIYALARNI 
TARTIBGA SOLISH 
1.
 
Antimonopol qonunchilikning kelib chiqishi. Antimonopol siyosat. 
2.
 
O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi. 
3.
 
Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish 
hususiyatlari. 
4.
 
Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari. 
 
1.
 
Antimonopol qonunchilikning zarurligi va kelib chiqishi. Antimonopol 
siyosat 
Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin raqobatga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy 
rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi
mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni 
davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga 
qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi. 
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, 
tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. 
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi 
qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. 
Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, 
uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan 
yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini 
qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Bular asosan antimonopol qonunchilik 
yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr 
davomida rivojlanib kelgan. Jumladan, u birinchi bo‘lib, AQShda monopoliyalar 
gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan.


171 
Hozirgi davrda, erkin raqobatni himoya qiluvchi qonunchilik bitimlari 
G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida mavjud. Ularda mazkur qonunchilik 
ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish. 
Antimonopol tartibga solish takomillashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga 
borsa-da, ular bozor iqtisodiyotida monopolistik tamoyillarni cheklashga olib 
keladi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda 
amal qiladi. 
Odatda AQShdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va 
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi qonunchilik 
hujjatlariga asoslanadi:
1. Sherman qonuni
(1890 y.) Kartel bitimlarini noqonuniy deb hisoblaydi, 
savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga 
olish, narxlar bo‘yicha kelishuvlarni ta‘qiqlaydi. Bu qonun asosan savdo va tijorat 
faoliyatining monopollashuviga qarshi yo‘naltiriladi. Hamda erkin savdoni 
cheklashga qaratilgan kelishuvlarning har qanday shakliga taqiq qo‘yadi. Mazkur 
qonunda jazo chorasi sifatida jarimalar, zararni qoplash, qamoqqa olish va hatto 
aybdor firmani tugatishni ham ko‘zda tutadi. Qonunning eng muhim hususiyati 
mavjud faoliyat qilib turgan monopoliyalarga qarshi kurashga qaratiladi. Uning 
kamchiligi asosiy qoidalar noaniqligi, qonunning bajarilishini nazorat qiluvchi 
doimiy muassasa yo‘qligi va antimonopolistik tadbirlarning profilaktik xarakterga 
ega bo‘lganligidir. 
2. Kleyton qonuni
(1914 y.) Bu qonun savdodagi kamsitishni, mahsulot 
sotish sohasidagi cheklashni narx bo‘yicha kamsitishni firmalarning ma‘lum 
ko‘rinishda birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqa-
larni taqiqlaydi. Trestlarga qarshi qonunchilikka doir asosiy tushunchalar 
aniqlashtirildi va monopoliyalarga qarshi faoliyat tushunchasi kengaytirildi. 
Trestlarga qarshi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish hukumat Federal savdo 


172 
komissiyasiga yuklatiladi. Shu qonun tufayli ―monopol kasallik‖ deb nomlangan
tushuncha paydo bo‘lgan. 
3. Robinson-Payman qonuni
(1936 y.) Bu qonun savdo sohasidagi 
cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqa 
shu kabilarni taqiqlaydi. AQShdagi trestlarga qarshi mavjud qonunchilik ko‘proq 
darajada boshqa mamlakatlarda ham antimonopol qonunchilikning rivojlanishiga 
ta‘sir ko‘rsatgan. 
4. Unler-Li qonuni
(1938 y.) Savdo bo‘yicha federal komissiyaga ―savdoda 
chalg‘itishga olib keladigan harakatlarni‖ nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha 
majburiyat qo‘ygan. Natijada komissiya iste‘molchini reklama va yolg‘on 
ma‘lumot natijasida jabr ko‘rishdan himoya qilish vazifasini oldi. Unler-Li qonuni 
iste‘molchilar huquqini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur qonun yolg‘on 
reklama va ma‘lumotlarni soxtalashtirishga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z 
ichiga oladi. 
5. Kleyton qonuniga Keller-Kefover qonuni tuzatishi kiritgan (1950 yilda). 
Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib 
olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning 
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Keller-Kefover 
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi
36
. Unda moddiy 
aktivlar sohasida monopoliyalar o‘zaro ta‘siriga e‘tibor qaratadi. AQShda XXasr 
80-yillarining birinchi yarmida monopoliyalarga qarshi qabul qilingan yo‘riqnoma 
hujjatlarida 
Xorfindal-Xirishman 
indeksidan 
foydalanib 
tarmoqlar 
kontsentratsiyalashuvining normativlarini o‘rnatdi. Agar bu indeks 1000 dan 
yuqori bo‘lmasa, bozor kuchsiz kontsentratsiyalashgan, 1800dan yuqori bo‘lsa 
kuchli darajada kontsentratsiyalashgan deb tan olingan.
Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda (gaz-ta‘minoti, elektr ta‘minoti va h.k.) 
tabiiy monopoliyalardan holi bo‘lish qiyin. Shu sababli davlat ularga nisbatan 
36
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O‘n ettinchi Nashr. 
583-597 b. 


173 
bevosita yoki bilvosita tartibga solish dastak va vositalarini qo‘llashga majbur 
bo‘ladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin