Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Farqsizlik egri chizig’i. Iste’molchi byudjeti, uning cheklanganligi va



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
2. Farqsizlik egri chizig’i. Iste’molchi byudjeti, uning cheklanganligi va 
omillari 
Iste‘molchi xulqini tahlil qilishning asosiy dastagi sifatida farqsiz egri 
chizig‘i xizmat qiladi. Farqsizlik egri chizig‘i iste‘molchi uchun A va V 
tovarlarning u yoki bu teng qiymatli to‘plamini aks ettiruvchi nuqtalarning 
geometrik joylashishidir. 
Farqsizlik egri chizig‘i tegishli nuqtalarga mos keluvchi ikki tovarning 
barcha to‘plami (muqobil variantlari) iste‘molchi uchun bir xil nafli. Shu sababli 
iste‘molchi ularning bir to‘plamdan boshqasiga oson o‘tishi mumkin.
Farqsizlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
ta’minlovchi iste’mol tovarlari to’plamlari yig’indisini namoyon etadi.
Ya‘ni, iste‘molchi uchun farqsizlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar 
to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi
43
.
13.3-chizma. Farqsizlik egri chizig’i 
44
 
43
Economics : principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 372 бет 


201 
X nuqtadaga A va B tovarlari kombinatsiyasi I
1
darajadagi naflilikni beradi, 
Z nuqtada joylashgan A va B tovarlari kombinatsiyasi X nuqtadagi A va B tovarlar 
kombinatsiyasi bilan bitta I
1
farqsizlik egri chizig‘ida joylashganligi uchun ulardan 
iste‘molchi tarafidan olinadigan naflilik miqdori bir-biriga tengdir. Shuning uchun 
iste‘molchi uchun nafliligini maksimallashtiruvchi sub‘ekt sifatida ana shu ikki hil 
kombinatsiyadan birini tanlashning farqi yo‘q. Farqsizlik egri chizig‘i pasayib 
boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Uning pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, 
tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste‘molchi uchun bir hil nafli 
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami Z dan boshqa bir tovarlar to‘plami 
X ga tomon harakat qilsa, A tovari iste‘moli oshib boradi, aksincha B tovari 
iste‘moli esa kamayib boradi. Iste‘molchi bir hil farqsizlik egri chizig‘ida 
bo‘lganligi sababli qo‘shimcha A tovarini iste‘mol qilishdan olingan naflilik B 
tovarining bir qismidan voz kechilgani uchun yo‘qotilgan naflilikka teng bo‘lishi 
kerak. Farqsizlik egri chizig‘i bo‘ylab iste‘molchi o‘z tanlovini o‘zgartirgan sari 
iste‘molning umumiy naflilik darajasi o‘zgarmaydi, lekin A yoki B tovarlari 
iste‘moli kombinattsiyasi o‘zgaradi. Qisqasi, B tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A 
tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va B tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. 
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa 
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
45
Agar iste‘molchining A va B tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal 
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin