Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tadbirkorlik faoliyati

mulkiy mas‘uliyat ostida, mavjud qonunlar 
doirasida, daromad olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy 
faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo‘lish 
shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va boshqalar mulki 
asosida ish yuritishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan mulk va 
boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga 
chiqara olmaydi va shubhasiz, etarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda 
olish maqsadida ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini 
birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni 
uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. 


212 
I. 
Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar 
qabul qiladi, bular korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
II. Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar uchun 
to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda mas‘uliyatni 
o‘z zimmasiga oladi. 
III. Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab 
chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini 
tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. 
IV. Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.Tahlika daromad olmaslik 
yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat, 
moliyaviy, kredit va foizli turlari farqlanadi. 
Tadbirkorlikning rivojlanishi, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini 
taqozo etadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni 
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish 
va shu kabilar bo‘yicha ma‘lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo 
etadi. 
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan 
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak.
Uchinchidan, 
xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni 
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum iqtisodiy 
muhit va ijtimoiy siyosiy sharoitlar yaratilishi zarur. 
To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman 
shakllari va turlarini taqozo qiladi.
Etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va malakaviy tayyorgarlikka 
ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik 
muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbir-
korlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 


213 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda 
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot 
sohasiga o‘tib ketadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin