225
maqsadlarida mahsulot qiymatining amortizatsiya miqdoriga teng qismini
jamg’arish jarayonidan iborat.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu
asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi.
Amortizatsiya
ajratmalarining bir qismi asosiy kapitalni to‘liq qoplashga (qayta tiklashga),
ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital remont qilishga) mo‘ljallanadi.
Amaliyotda yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda: asosiy kapital
qiymati (Kas), asosiy kapitalning harakat qilish muddati davomida kapital
ta‘mirlash uchun sarflar (Ts), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan
mablag‘ (To) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma‘naviy
eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot
tannarxini sun‘iy ravishda oshirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy
kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa texnika taraqqiyotiga to‘siq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: