Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi
. Bir tomondan, milliy 
mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur‘atlari bilan, ikkinchi tomondan, 
asosiy kapitalning o‘sish sur‘atlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida 
asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi
hisoblanadi. 
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi o‘zaro bog‘langan ikki 
ko‘rsatkich kapitaldan olinadigan samara (K
s
) va mahsulotning kapital sig‘imi 
(K
sig
) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy 
kapitaldan olinadigan samara darajasi foydalanishdagi asosiy kapitalning har bir 
so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot(YaIM) yoki milliy daromad(MD), 
kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki 


226 
mahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishi orqali
aniqlaydi 
Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasini asosiy kapitalning bir 
so‘mi hisobiga korxonada ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) , kapital
sig‘imi esa ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga to‘g‘ri
keladigan kapital qiymati ko‘rsatadi. 
Mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural 
ko‘rsatkichlar yordamida ham aniqlanadi. Jumladan, bir to‘quv dastgohi hisobiga 
bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tashilgan yuk va hokazo. 
Aylanma kapital harakati va samaradorligi. 
Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari 
harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma 
mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini 
ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi milliy 
xo‘jalik miqyosida mahsulotning material sig‘imi, (M
sig‘
) mahsulot yaratishda 
iste‘mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki 
milliy daromadga (M
d
) nisbati sifatida aniqlanadi: 


227 
Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘) unda iste‘mol qilingan 
aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida 
aniqlanadi. 
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir. 
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital 
o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan 
aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan 
shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning 
aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan 
mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati 
sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (p) nisbati 
bilan aniqlanadi.
Agar bir yilda aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori 10 mln. so‘m 
bo‘lganida 60 mln. so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, aylanish koeffitsienti 6 ni 
(p=60/10) tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar 6 aylanish qilib, bir aylanish davri 60 
kunga (360/6) teng bo‘ladi. 


228 
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish 
vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin