Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Tayanch tushunchalar 
Ishlab 
chiqarish 
xarajatlari
– mahsulot ishlab chiqarish va 
iste‘molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha iqtisodiy resurs sarflari. 
Ichki xarajatlar
– korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan 
foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. 
Tashqi xarajatlar
– tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni 
amalga oshirishga qilingan xarajatlar. 
Doimiy xarajat
– ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi ta‘sir etmaydigan, uning 
har qanday hatto ―nol‖inchi darajasida ham mavjud bo‘ladigan xarajatlar. 
O’zgaruvchi xarajat
– ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga mutanosib 
o‘zgaradigan xarajatlar. 
O’rtacha xarajatlar
– mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar. 
Qo’shimcha xarajatlar
– mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini 
ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar. 
To’g’ri xarajatlar
– mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga 
kiradigan xarajatlar. 
Egri xarajat 
– mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan 
xarajatlar. 
Iqtisodiy yoki sof foyda
– yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi.
 
Transaktsion harajatlar 
– ishlab chiqarish bilan emas, balki ana shu ishlab 
chiqarishni boshlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar. 
Foyda normasi 
– foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan 
nisbatining foizdagi ifodasi. 


238 
Muhokama uchun savollar va topshiriqlar 
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring. 
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali 
tushuntiring. 
3. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o‘zgarishlardan qaysilari 
uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi: a) Kompaniya neftni qayta ishlovchi 
yangi uskunani o‘rnatadi; b) Korxona yana 200 ishchini yollaydi; v) Fermer o‘z 
uchastkasida qo‘llaniladigan o‘g‘it miqdorini ko‘paytiradi; g) Fabrikada uchinchi 
smena joriy qilinadi. 
4. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli 
ekanligini aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar 
bo‘yicha foiz to‘lovlari; xom-ashyoga sarflar, ko‘chmas mulkka soliq to‘lovlari, 
boshqaruv xodimlari maoshi; ishchilarga ish haqi to‘lovlari; amortizatsiya ajrat-
masi. 
5. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring. 
6. Quyidagi keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib foyda normasini har 
ikkala usulda hisoblang. 
Umumiy foyda — 250 ming so‘m. 
Ishlab chiqarish xarajatlari — 1250 ming so‘m. 
Avanslangan mablag‘lar (asosiy va aylanma kapital) — 2500 ming so‘m. 
Natijalarni taqqoslab, izohlab bering. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin