Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

qo’shilgan) xarajat 
tushunchasi 
xizmat qiladi. Keyingi (
qo’shilgan) xarajat, qo’shimcha ishlab chiqarilgan 
mahsulotning navbatdagi birligiga qilingan xarajatlarni anglatadi. 
Qo‘-
shimcha xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shimcha chiqarilgan mahsulot birligi 
yoki partiyasi uchun aniqlash mumkin.
R.Krouz iqtisodiyot nazariyasiga 
transaktsion xarajatlar
degan tushunchani 
kiritgan. Bu xarajatlar ishlab chiqarish bilan emas, balki ana shu ishlab chiqarishni 
boshlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, ya‘ni narxlar, kontragentlar haqida 
axborot to‘plash, xo‘jalik bitimlari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish 
xarajatlari va boshqa shunga o‘xshash xarajatlarda ifodalanadi.
2.
 
Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish 
tamoyillari 
Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya‘ni inson mehnati, 
xomashyo, yonilg‘i va energiya sarflari o‘zgarishi tovar hajmining o‘zgarishiga 
ta‘sir qiladi. Boshqa resurslar jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ancha uzoq 
vaqt davomida kengaytirib mahsulot chiqarish hajmini ko‘paytirish mumkin. 


234 
Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya‘ni xarajat 
qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu 
sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq 
muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. 
Qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz 
qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar 
miqdorini ko‘paytirish orqali ortishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish intensivligi oshiriladi. 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun 
band bo‘lgan resurslar miqdorini ko‘paytirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.
Ishlab chiqarish quvvatlarining ko‘payishini taqozo qiladigan davr davomiyligi 
ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Jumladan,
yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta 
qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini 
qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirishi mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi 
quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.
Demak, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy
quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan 
ishlab 
chiqarish hajmini ko’paytirishi mumkin.
Samaraning kamayib borishi qonunga binoan, ma‘lum davrdan boshlab; 
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) 
o‘zgaruvchi resurslar birligini ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi 
o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot 
beradi. Bu qonunni ifodalash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, 
fermer foydalanadigan yer doimiy miqdoriga ega bo‘lib, unda don etishtiradi. Agar 
fermer ekinga ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 tsentner hosil oladi deb hisob-
laymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko‘tarilishi 
mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 ts. ga, uchinchisi - 61 ts.ga, to‘rtinchisi, 
aytaylik 63 ts.gacha oshiradi. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki 
nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. 


235 
Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Shu sababli bu 
davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi 
o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. 
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, 
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab 
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar 
quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining 
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab 
chiqarish. 
Korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan qo‘llaniladigan 
mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab 
chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir 
ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish esa, ishchining mehnat 
unumdorligini o‘stiradi. Bu ishlab-chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib 
keladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli 
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish 
imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot 
birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 
Korxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovarlarning narxiga 
bog‘liq bo‘ladi. Agar narx o‘rtacha iqtisodiy xarajatlarini qoplasa bunda iqtisodiy 
foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past 
bo‘lsa, korxona qo‘shimcha iqtisodiy foyda oladi. Bunda ishlab chiqarishni 
kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin