238
Muhokama uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali
tushuntiring.
3. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o‘zgarishlardan qaysilari
uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi: a) Kompaniya
neftni qayta ishlovchi
yangi uskunani o‘rnatadi; b) Korxona yana 200 ishchini yollaydi; v) Fermer o‘z
uchastkasida qo‘llaniladigan o‘g‘it miqdorini ko‘paytiradi; g) Fabrikada uchinchi
smena joriy qilinadi.
4. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning
qaysi turkumiga tegishli
ekanligini aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar
bo‘yicha foiz to‘lovlari;
xom-ashyoga sarflar, ko‘chmas mulkka soliq to‘lovlari,
boshqaruv xodimlari maoshi; ishchilarga ish haqi to‘lovlari; amortizatsiya ajrat-
masi.
5. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring.
6. Quyidagi keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib
foyda normasini har
ikkala usulda hisoblang.
Umumiy foyda — 250 ming so‘m.
Ishlab chiqarish xarajatlari — 1250 ming so‘m.
Avanslangan mablag‘lar (asosiy va aylanma kapital) — 2500 ming so‘m.
Natijalarni taqqoslab, izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: