Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi 
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va 
mahsulotni iste‘molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab 
chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda 
namoyon bo‘ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya‘ni butun 
mamlakat ko‘lamida, viloyat doirasida yoki korxona miqyosida yuz berishiga 
bog‘liq. 
Shundan kelib chiqib agrosanoat integratsiyasining ko‘lami qo‘yidagi 
darajalarda yuzaga chiqadi. 
-
Korxona (firma) va birlashmalar darajasida. 
-
Hududlar va mintaqalar doirasida. 
-
Alohida mamlakatlar doirasida. 
Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq 
xo‘jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, iqtisodiyotning oziq-ovqat 


249 
(tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo‘lishi va rivojlanishida ifoda-
lanadi. 
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari 
yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish 
bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. 
ASM to‘rtta sohani o‘z ichiga 
oladi. Birinchisi, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan 
sanoat tarmoqlari, shuningdek, agrarsohaga ishlab chiqarish texnika xizmati 
ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tarmoqlar; ikkinchisi – qishloq xo‘jaligi; uchinchisi – 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste‘molchiga yetkazib berishni ta‘minlaydigan 
tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish). 
Agrosanoat majmuasi tarkibida to‘rtinchi soha odamlar hayoti va 
faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan infratuzilma muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin