243
etishtiriladi, har bir yer uchastkasining hajmi doimiy (SS ga teng) deb faraz
qilinadi. Kapital, mehnat va o‘zaro bog‘liq boshqa resurslar miqdorini barcha
uchastkalarga bir xil sarflaganda ularning unumdorligi yoki yanada aniqroq, pulda
ifodalangan keyingi unumdorligi har bir uchastka uchun D
1
, D
2
, D
3
, D
4
talab egri
chizig‘ining holatidan ko‘rinadi. 1-, 2-, 3- er uchastkalariga mos keluvchi iqtisodiy
renta R
1
, R
2
va R
3
dan iborat bo‘ladi, bunda rentalardagi farq uchta yer
uchastkasining sifati, bir xil emasligini ko‘rsatadi. 4-er uchastkasining unumdorligi
shunchalik pastki, ijarachilar uchun uni to‘liq qishloq xo‘jalik aylanmasiga kiritish
foydasiz. Rentaning vujudga kelishini tahlil qilishda yerdan foydalanishning
muqobil variantlari mavjud bo‘lishini ham hisobga olish lozim. Ma‘lum yer
uchastkasidan nafaqat don, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish,
mol boqish, uy yoki boshqa ob‘ektlar qurish, hamda sanoat ishlab chiqarish
maqsadlarida foydalanish mumkin. Yerdan foydalanishning bu muqobil variantlari
ham renta miqdorida farqlar bo‘lishiga olib keladi.
Renta iqtisodiy kategoriya sifatida, taklifi noegiluvchan bo‘lgan har qanday
omil hisobiga olingan daromadni anglatadi. Renta turidagi daromad taklifi
cheklangan boshqa tabiiy resurslarda ham uchraydiki, ular ko‘pincha
kvazirenta
deb ataladi.
Kvazirenta – bu qandaydir ishlab chiqarish omili taklifi kam yoki ko‘p
darajada cheklanganligi keltirib chiqaradigan daromaddir.
Daromadlarga bunday yondoshuv, masalan, nima uchun bir kasbdagi
kishilar ish haqida juda katta farqlar mavjud bo‘lishini tushunib olish imkonini
ham beradi. Agar gap taklifini ko‘paytirish mumkin bo‘lmagan beqiyos talant,
noodatiy tug‘ma layoqat haqida ketsa, ish haqi ko‘p marta ortadi. Shu sababli,
kinoyulduz yoki gipnozchi daromadini ish haqidan ko‘ra renta deb hisoblash
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: