241
resurs hisoblangan yerga bo‘lgan talab va taklifning harakati hamda muvozanatli
narxning hosil bo‘lishi orqali asoslanadi.
Bu yondashuvida yer va boshqa tabiiy resurslar miqdorining doimiyligi
hamda rentaning daromadning boshqa turlari (ish haqi, foyda va foiz)dan
farqlanishiga e‘tibor qaratiladi. Bu farqlanishning
mazmuni miqdori cheklangan
yerga bo‘lgan talab va taklif nisbatidan foydalanib izohlanadi. Tahlilni
soddalashtirish maqsadida,
birinchidan, barcha yerlar bir xil sifatga ega, ya‘ni
unumdorligi jihatidan bir xil deb faraz qilingan. Ikkinchidan, barcha
yerlar bir xil
mahsulot, (masalan, don) yetishtirishda foydalaniladi va nihoyat uchinchidan yer
raqobatli bozorda ijaraga olinadi deb hisoblaydi. Yerga bo‘lgan talab va taklif
ta‘sirida rentaning vujudga kelishini tushuntirishda grafik tahlildan foydalanadi.
Grafikdagi S chiziq
foydalaniladigan yer taklifini, D egri chiziq esa shu yerga
bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: