Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Milliy daromad - 
ijtimoiy sug‘urta ajratmasi - korxona foydasiga soliqlar - 
korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi – sof foizlar (davlatning transfert to‘lov-
lari) + foizlar shaklida olingan daromad + davlat qarzlari bo‘yicha foiz = shaxsiy 
daromad.
 
Shaxsiy daromaddan daromad soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jalik-
larining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan uning hisobidan
to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. 


260 
Shaxsiy daromad - 
shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar – majburiy 
to‘lovlar = soliqlar to‘langandan keyingi ixtiyoridagi shaxsiy daromad.
 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari pirovardida ega 
bo‘ladigan daromad hisoblanib, ular bu daromadlarning bir qismini iste‘mol uchun 
sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. 
Ixtiyorida qoladigan daromad = iste‘mol sarflari + jamg‘arma miqdori. 
Narxlarning o‘rtacha darajasi tovarlar ancha keng turlari narxlarining o‘rtacha 
darajasini narx indeksi yordamida hisoblash orqali aniqlanadi. Narx indeksi tovar va 
xizmatlarning ikki davridagi narxlari nisbati sifatida aniqlanadi. Makroiqtisodiyot 
darajasida narxlarning ancha umumlashgan indeksi YaIM deflyatori hisoblanadi. 
Milliy sarf-xarajatlar - bu pirovard tovar va xizmatlarni yaratish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish (investittsiyalash) va iste‘mol uchun zaruriy sarf-
harajatlarning barcha turlaridir. 
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni quyidagi 
ko‘rinishda tasvirlash mumkin: 
17.2-jadval 
Yalpi milliy mahsulot 
Sof eksport 
Yalpi ichki mahsulot 
Amortizatsiya 
Sof milliy mahsulot 
Egri soliqlar 
Milliy daromad 
 
Jahon amaliyotida iqtisodiy tahlilda yalpi milliy daromad (YaMD) 
ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD ko‘rsatkichi YaIMga mamlakat 
fuqarolarining chet ellardan olgan daromadlarini qo‘shib, chet elliklarning 
mamlakatdan chiqarib ketgan daromadlari hajmini ayirib tashlash orqali aniqlanadi 
yoki YaMD 

YaIM 

chet ellardan olingan va tashqariga chiqarilgan birlamchi 
daromadlar saldosi (pul o‘tkazmalar bo‘yicha sof qoldiq) 
Bunday birlamchi daromadlarga odatda mehnat haqi, mulkdan dividend 
shaklida olinadigan daromad kabilar kiradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin