1
1-MAVZU. “MAKROIQTISODIYOT” GA KIRISH
Reja:
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob‟ekti.
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.
1.3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli.
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va
ob‟ekti
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga
nisbatan yaqindagina
kiritilgan bo„lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo„ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini
yaxlit bir jarayon sifatida
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o„zaro bog„liqligi va o„zaro ta‟siri xos
bo„lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda,
milliy mahsulot ishlab
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo„lladi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari,
shuningdek, J.B.Sey, L.Valras,
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo„yilgan edi deb ta‟kidlash
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o„zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab
chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o„zining tarmoqlararo balansi bilan
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo„limi
sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o„zining “Ish bilan bandlilik, foiz
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy
yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot
fanining asoschisi
sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o„z predmeti va tadqiqot usullariga ko„ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o„rtalariga kelib shakllanib bo„ldi.