O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
K I-13-20 GURUH TALABASI
ASLANOV SHOHJAHON UZOQOVICHNING
Pedagogika. Psixologiya
FANIDAN
4 – Mustaqil ishi
Bajardi: Sh.Aslanov
Qabul qildi: M.S.Daminova
Reja
Sarq mutafakkirlarining pedagogic qarashlari.
Yoshlar muxiti va submadaniyat.
Deviant hulq. Oila tarbiyasi.
Oilaviy nizolarning kelib chiqishi va echimlari.
Temperament tiplari va ularning psixologik hususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Psixologiya fani XIX asr oxiri Xxasr boshlarida Falsafa fanidan fan sifatida ajralib chiqadi. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan.
Sharq mutaffakirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib ,mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganliklari bilan xarakterlanadi. Ular:
- aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadryatlar;
- ma’naviy-ruhiy qadryatlar;
- ijtimoiy-siyosiy qadryatlar;
-badiy-nafis qadryatlar;
- diniy qadryatlar tarzida o’z ifodasini topgan.
Farobiy pedagogic qarashlarni, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’grisidagi falsafiy fikrlar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Farobiy o’zining falsafiy qarashlarida oadamning tuzilishini ,ruhiyatini,madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi.Uning ta’limotida inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyatga va kuchga , ruhiy quvvatga aql va so’zlash qobliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatga boshqa jismlarajratib turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkonini berganligi nomoyon bo’ladi. Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u sub’ektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu me’yorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi.
• Deviant xulq-atvorni o‘rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat shunday holatki, u sub’ektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki bu sabablarga ko‘ra, ushbu me’yorlarni qo‘llash qiyinroq bo‘ladi.
• Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya’ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birlariga to‘qnash kelganda yuz beradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40%i oilaviy ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi.
O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi.
O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og’ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilga ijtimoiy, tibbiy, tashkiliy, tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o’rab turuvchi muhitga bog’liq bo’ladi.
1. Ijtimoiy madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifat (arabcha— teskarilashish, kelishmovchilik) bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pedagog quyidagi qoidalarga suyanadi:
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan boladan kelib chiqishi lozim.
Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
• Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
• Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi.
• Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib insonning jamiyatda to’liq integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya: deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya: deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsony qadriyatlarni o'rganishning kaliti ekanligini alohida takidleydi. Forobiy bu dunyoqarashini bilish- hodisalarni bilish , insa aqlini bilim bilan NA boyitish ul Ilmil , mai atli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi . U o'zining " Baxt - saodatga erishuv haqida " , " Fanlaming tasnifi " , " Falsafani o'rganishdan oldin nimani hilish kerakligi to'g'risida " , " ilmlar va san'atlar fazilatl " kabi koplab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilm ma'rifatga bog'liqligini ta'kidlaydi . ekanligini alohida ta'kidlaydi . Ilm - ma'rifatli odam Jamiyat taqdiri , insonlar taqdiri uchun kurashuvchan , barcha yomonliklardan uzoqdir . " Ilmning foydasi ochko'zlk bilan oltin - kumush to'plash uchun bo'lmay , balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo'lishdir " Umuman , Abu Rayhon beruniy ilm - fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm - fatning gullashida , odamning baxti esa uning bilim va ma'rifatida deb bildi . Yaratgan asarlarida u ta'lim - tarbiyaga cair she'r va hikmatlardan misollar keltirib , ular orqali har bir inson o'z qalbining farmoyishiga kora xayr ezgulik intilish ,suniy obro’ ,shuxrat qozonish uchun muruvvat va shafoatlar korsatmasligi kerakligini takidlaydi.
Umuman , Abu Rayhon beruniy ilm - fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakaning obodonchiligi ilm - fanning gullashida , odamning baxti esa uning bilim va ma'rifatida deb bildi . Yaratgan asarlarida u ta'lim - tarbiyaga cair she'r va hikmatlardan misollar keltirib , ular orqali har bir inson o'z qalbining farmoyishiga ko'ra xayr - ezgulikka intilishil , sun'iy obro ' , shulat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko'rsatmasligi kerakligini ta'kidlaydi . Yusuf Xos Hojibning " Qutadg'u bilig " asarida aqliy , axloqly , mehnat , Jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrla ! katsa tarbiyaviy ahamiyatga egadir . U insonni ulug'laydi . Uning fikricha , insonning ulug'ligi aql - idroki , so'zlash qobiliyati , bilimi , uquvl , hunarga egaligidadir . Adib o'quv va bilimni fardlaydi : o'quv tug'ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir , bilim esa o'qish o'rganish va mehnat tufayli egallanadi . Agar ularning har ikkisi o'zaro birlashsa , insonning qadri ortadi .
Yusuf Xos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liq holda bo'lishini tavsiya etadi , o'g'il bolalarning bir necha san'at turlarini va hunarlarni tugal o'rganmog'i lozimligini ta'kidlaydi . Bu , ularning kelajak hayotlari , jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi . Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash , ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ohriyojidan kelib chiqadi . Bu chtiyoj tarbiya borasida otirgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalami umumlashtirish , yoshlar tarbiyasi haqida con un - plcalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo'ladi . Ta'lim tarbiya masalalari hamisha mutafakkir yozuvchi , olimlar xayolini band qilib kelgan . Ular o'zlarini bola ia blysl . ularni barkamol inson qilib tarbly alash haqidagi yurdin mulohazalari bilan pedagogik fikrlar ravnaqlga ulush qo'shganlar . Masalan : Nizomulmulkning « Siyosatnoma » , Nosir Xisravning « Saodatnoma » , Ahmad Yugnakiyning « Hibatul - Haqoyiq ” , Allsher Navolyning « Mahbub – ul Qulub»,Yusuf Xos Hojibning Qutadg’u bilig asarari bevosita odob axloqqa daxldordir.
Masalan : Nizomulmulkning « Stynsatnoma » , Nosir Xisravning « orlatnoma » , Ahmad Yugnakiyning « Hibatul - Haqoyi , Alisher Navoiyning « Mahbubul qulub . Yusuf Xos Hojibning « Qutadg'u bilig » asarlari bevosita odob , axloqqa daxldordir Bu asarlarda insonparvarlik , halol mehnat , doʻstlik , chin muhabbat , sadoqa kabl yuksak axloqiy fallatlar o'z aksini topgan . Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davıla da millatning ilg'or kishilari diqqal markazida bo'lib kelgan . Kaykovusning Qobusnomar , IV asrda yashab o'tgan hind faylasufi Beydabon ing « Kalila va Dimna » asarlari , Ramayanan , « Mahobxorat » dostonlari , Sa'diyning « Gulistor » ve Boston » , Jomiyning « Bahoriston » , Ahmad Danishning O'g'illarga nasihat , bundan tashqari Qur'oni karim , Hadisi sharif , Chor darvesh » , « Ming bir kecha » kitoblari ham qimmatbaco ma'naviy - madaniy meros bo’libSharqu garb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar va komillik tog’risida uning qirralari yoritib berilgan.
Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin»
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim. Er-xotin nizolari. Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o'rtasidagi nizolardir. Xo'sh, eng ezgu niyatlar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o'zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro'y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush, janjallarsiz ham yashasa bo'ladimi? Bu kabi savollarni yana ko'p davom ettirish mumkin. Xalqimizda bir gap bor: Oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo'lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to'xtalib o'tamiz.
Haqiqatdan ham, ilk bolalikdanoq ko'plab ertaklar eshitib, keyinchalik o'zlari ham ularni turli kitoblardan o'qib o'sgan yoshlar o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasawur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo'lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, elu yurtga «qirq kechayu, qirq kunduzlab to'y berib, murod maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko'pmartalab guvoh bo'lgansizlar.
Bundan tashqari, aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o'z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo'lgan o'zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so'ng o'g'il bolalar xuddi o'z otasidek va qizlarimiz o'z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo'lishni orzu qiladilar. Chunki ular o'z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo'luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko'rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo'lsa ham, ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko'rsatish an'analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo'ladi.
Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og'ushida oila qurgan yoshlar, o'zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o'zlari kutganlaridek bo'lmayotganligi, turmush o'rtog'ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to'ydan oldingi) holatiga nisbatan ma'lum darajada, albatta, «salbiy» tomonga o'zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o'zaro munosabatlari rivojlanishining o'ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o'zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog'liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli bar bir oila uchun muqarrar bo'lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o'z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xo'sh, bu jarayonlar, ya'ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o'zaro munosabatlariga qay darajada ta'sir etadi? O'tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achiq, lekin u meyorda bo'lsa ishtahani ochadi, meyoridan ortib ketsa, og'iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar bar qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo'lishidan qat'iy nazar nizolardan mutlaqo holi (himoyalangan, kafolatlangan) bo'la olmaydi.
• er-xotin o'rtasidagi nizolar;
• qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar;
• qaynona-kuyov o'rtasidagi nizolar;
• ovsinlar o'rtasidagi nizolar;
• ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar.
Albatta, bu ro'yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro'y berish ehtimoli nisbatan yuqori bo'lgan nizolarning eng asosiysi bo'lmish er-xotin o'rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday oilada er-xotinning o'zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko'ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan, biz dastawal muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro'y beradigan nizolarni ko'rib chiqaylik. Rasmda ko'rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» (<Biriktiruvchi - nizolarning yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo'ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o'z yechirnni topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, tejarnkorlik, isrofgarchikka yo'l qo'ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo'la oladi. Ular, asosan, er-xotin o'rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o'zlarigina hisoblanadilar.'
Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushuib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o'rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta'mitilashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar: «Er-xotinning urushi — doka ro'molning qurishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro'molning qurishi» er-xotin o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi. .
Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo'lgan muamrno va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo'ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko'pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erning yoki xotinning shaxsan o'zi uchun biron nima xarid qilishi, erning
N1ZODAN KEYINGI VAZIYAT
“Teskari voronka” tamoyili yoki xotinnirig ishi tufayli, o'zbek oilasi uchun xarakterli bo'lgan nizolardan bo'lmish er yoki xotinning qarindosh urug'lari bilan bo'ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Sunday nizolarning hal qilinishi, ya'ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko'pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozihk, e'tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek, ajratuvchi nizolar, ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita er-xotinlarning o'zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bog'liq bo'ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba'zan er-xotindan tashqari uchinchi odam bo'lishi niumkin, ularning hal etilishi ham er-xotinlarning o'zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bog'liq bo'ladi. Bularning oqibatida nizolarning yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi
Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralan-magan» nizolar bo'lib; o'z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko'ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga
Ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo'lib quyidagilar xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo'sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do'stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo'ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba'zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalarning ichkilikka ruju qo'yishi yoki or-nomusni yig'ishtirib qo^yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba'zi bolalarning mehnat qilishga o'rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga o'rganib qolishi;
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo'yishi va hokazo.
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga old yuqoridagi kabi kamchiliklar .natijasida oiladan halovat yo'qoladi, o'rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo'l ko'taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq fahshparastlar borligiga nima deysiz? Ba'zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13, 14 yoshlarda muqarrar ravishda bo'lib o'tadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qo'shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan, ota-onalar bilan bo'lgan munosabatlarida ko'zga tashlanadi. Buni sezmagan ba'zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo'lib qoldi», deb o'ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o'zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.
Qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar
Oilaga, yangi tushgan kelinlarning ko'pchiligi yuzaga keladigan ba'zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini ko'ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro'zg'or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo'ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni «qizim» deb bag'rilariga oladilar, bihnaganini o'rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo'1-yo'riq ko'rsatadilar. Ularga uy-ro'zg'or ish-larida va bolalar tarbiyasida yaqin ko'makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to'qnashuvlar -ham sodir bo'lib turadi. Gap qaynona-kelin o'rtasida borar ekan, shuni aytib o'tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e'tiborida bo'lib kelgan rnuammolardan biridir. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o'zining «Navodir ul vaqoe» («Nodir voqealar») nomli kitobida qaynona kelin-nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo'lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo'ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayotganliklarini o'zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urushadilar». Demak, bu o'rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko'rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz:
1. Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasawur shakllangan bo'ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o'z tasavuridagi qaynonaga xos bo'lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Boriniku topishlari aniq, hatto yo'g'ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo'lgan emas, bo'lmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham bo'lishi mumkin emas.
Kelinlar o'zlari tushgan yangi oila a'zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og'ir-bosiq, sabr-toqatli bo'lishlari, iloji boricha o'zlari tushgan xonadon a'zolarining yaxshi tomonlarini ko'rishga intilishlari, eri shu xonadon a'zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bo'ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a'zo bo'lib kelganligini unutmasligi kerak.
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro'zg'or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo'ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o'rtasida tafovut bo'lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko'p jihatdan bir-birining aksi bo'ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig'ishtirib quyib, har birlari o'z gaplarini o'tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch rurmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa masalalalarda ularni o'z holiga qo'yishlar, lozim. Yoshlar ham o'z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunish-ga intilishlari ularning g'ashiga tegadigan noo'rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «xoyi-xavaslardan» o'zlarini tiyishlari kerak.
3. Ba'zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarni-bajarishga tayyor bo'lmaydilar. Shunday kelinlar bo'ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo'lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayliya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni uy-joyni saramjon sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetrni iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruxiy ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o’qtiradi
Voiz Al – Koshifiyning o’qtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga aloxida e’tibor beradi. Ota – onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to’xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmishoziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko’rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug’ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z – o’zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi, tarbiyani 3 asosiy – aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota – onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sadi ota – onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta’kidlashicha, ortqcha so’zmonlik kishi boshiga olin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so’zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo’lishga, jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko’rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog`liq bo`lgan xislatlaridir, bu sifatlar alohida ko`rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, qat`iyat, sabr – toqat, chidamlilik, dadillik, o`zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, mas`uliyatni his qilish, o`z - o`zini tanqid axloqiy xislatlardir.
Dostları ilə paylaş: |