Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo`lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi. (egizaklar). egizaklar temperament xususiyatlari jihatidan o`xshasalar ham xarakter xislatlari bir - biridan farq qiladi. Xarakterning xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog`liqdir. Lekin shaxs munosabatlari o`z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug`ma, doimiy va o`zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo`y yoki yolg`onchi, qo`rqoq yoki jasur bo`lib tug`ilmaydi. Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta`siri bilan tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o`z - o`zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o`zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql - idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog`liqdir. Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta`sir ko`rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota - onasiga, yaqin kishilarga va kattalarga o`xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish - turishlari, dasturxon atrofida o`zini to`tishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklarga va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota - onalar va o`qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o`zlariga ham e`tibor bilan qarashlari, o`zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim. Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalab etkazmoq uchun ota - onalar va tarbiyachilarning o`zlari bunday sifatlarga ega bo`lishlari lozim.
Xarakterning o`sishida tarbiya va o`z - o`zini tarbiyalashning roli katta. O`sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas`uliyatli vazifa ota - onalar, o`qituvchilar va bolalar bog`chasi tarbiyachilari zimmasiga to`shadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o`stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo`qotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo`qotmoq, ijobiy tomonlarini tarbiyalab etkazmoq uchun tarbiyalanuvchining o`z temperamentini o`zi idora qilishiga o`rgatmoq lozim. O`z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir. Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka bir - biridan ajralgan tarika hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya`ni muayyan oilada, maktabda, tsexda va hokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`indir. Har bir o`qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta`sir qilib, ijobiy natijalarga erishmoqi mumkin. Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson I. viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam I. ni talab qiladi. I. mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. I. ning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda I. ning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. I.viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki I. deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki I. deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi I.) ichki toʻsiqlar (ichki I.) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
I. ning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli I. egasi hisoblanadi. I. kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
Hozirgi zamon fani ong materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.
Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning oʻrnini bosa olmaydi, chunki ong oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.
Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida aniq farqlanishni o’ziga ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar duyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof-muhitiga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.
Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hatti-harakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo.
K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o’z irodasini ana hu maqsadga bo’ysundirish lozim» deb ta’kidlagan edi.
Maqsadni ko’zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo’nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak.
1) baholanishga mo`ljallangan shaxsning xususiyatlari yetarli darajada aniq va bir hil ma‘noli qilib aniqlanishi shart;
2) agarda bir guruh sinaluvchilarni bir necha xususiyatlar, fazilatlar bo`yicha baholash zaruriyati vujudga kelsa, u taqdirda yaxlit guruhning xar qaysi xislat bo`yicha baholash tavsiya qilinadi;
3) gala - samara moxiyatini ekspert tomonidan tushuntirish va uning bartaraf qilish zaruriyatini ta‘kidlash tavsiya qilinadi;
4) bir nechta mustaqil ekspertlar baholashini umumlashtirishda o`lchovning aniqlik darajasi (ishonchliligi) ortadi;
5) maxsus tayyorlangan va o`qigan ekspertlar ishonchliroq baholashga qodirdirlar; 6) turli vaziyatlar va xolatlarni uzoq muddat kuzatishda baholanishning aniqligi yuqori bo`ladi. O`lchashda xatoga qabul qilingan omillarning farqlanishiga qarab testlar ishonchliligini baholashga nisbatan uch hil yondashuv xukm suradi: I. Test - retest ishonchliligi. Test bo`yicha ayni bir hil odamlarni takroriy o`rganishning natijalari korrelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng. O`lchashdagi nuqsonlar sinaluvchilar xolatlarining tafovuti, takroriy sinovning sharoitlari va tashkiliy daqiqalari, javoblarni esda olib qolish, matn bilan ishlash ko`nikmalarini egallash jarayonlari bilan tavsiflanadi. II. Testning parallel shakllarining ishonchliligi. Testning parallel shakllarining korelyatsiyasi ishonchlilik koeffitsientiga teng. O`lchashdagi nuqsonlar yuqorida ta‘kidlab o`tilganlardan tashqari, testning parallel shakllarini ijro etish bilan aloqador operatsiyalar va xarakatlar xususiyatlaridagi farqlar bilan tavsiflanadi. III. Ishonchilik testlarining gomogenliligi sifatida qo`llanilishi mumkin. Mazkur xolatda metodikaning qismlari o`rtasidagi interkorrelyatsiyasini xisoblash vositasi bilan ishonchlilik baholanadi, ularning xar qaysisi aloxida test sifatida qaraladi. Olingan korrelyatsion ma‘lumotlar yaxlit testning ishonchlilik darajasini xisoblashda aniq formulaga asoslanib foydalaniladi. Ishonchlilikdan farqli ularoq, validlik testlarini baholash bilan ularning u yoki bu faoliyatdagi xususiyatlari va roli to`g`risidagi tasavvurlar o`rtasidagi muvofiqlik o`lchovidir. Validlik kriteriaviy, konseptualli va ma‘noviy turlarga ajratiladi hamda ular xos talqini bilan o`zaro tafovutga egadir. Kriteriaviy validlik testning korrelyatsiya ko`rsatkichi, aloqalar ko`lami, uning tashqi mezonlari bilan o`lchanadi. Tashqi mezon testga bog`liq bo`lmagan ma‘lum faoliyatning o`lchami xisoblanadi. Kriteriaviy validlik test baholari bilan qay yo`sinda faoliyatli xususiyati aloqaga kirishganligini ko`rsatadi. Kriteriyaviy validlik ko`pincha korrelyatsiya koeffitsienti bilan baholanadi, vaxolanki boshqa metodlardan foydalansa bo`ladi. Konseptualli validlik test ko`rsatkichi bilan o`lchanayotgan xususiyat moxiyati to`g`risidagi nazariy tasavvurlar muvofiqligi o`lchovi bo`lib xisoblanadi. Konseptualli validlik biron bir statistik ko`rsatkich bilan o`lchanishi mumkin emas chunki u test to`g`risidagi nazariy va emperik ma‘lumotlar umumlashmasini taxlil qilish yo`li o`rnatiladi. Konseptualli validlik metodikasi test bo`yicha tekshirish natijalari bilan nazariy bashorat ma‘lumotlari muvofiqligida to`zilgan bo`lishi kerak. Bunga V.D. Nebilistin tomonidan taklif qilingan metodika nerv sistemasi xususiyatini baholashga xizmat qilishi yorqin misoldir. Ma‘naviy validlik o`rganilayotgan individual xislatlar xususiyatiga testning tarkibi va mazmunining muvofiqligi eksperimental taxlil qilish yo`li bilan o`rnatilinadi. Validlikning mazkur turi kriteriaviy o`lchash bilan jips aloqaga ega, chunki bajolanishga qaratilgan xarakatlar va operatsiyalarning qat‘iy xususiyatlari umumiy xislatlari aloqasidan tashqari olib qaraladi. Mehnat metodi. Kimyo kasb ixtisosining psixologik mohiyatini o`rganish uchun tekshiruvchining o`zi ham bu faoliyatga kirishib uni o`zlashtiradi. Bunda u o`zining ishlab chiqarishdagi faoliyatini har kuni tegishlicha qayd etib, o`z ishini tahlil qiladi. Mehnat metodi umumiy fan pedagoglari, muhandis pedagoglar va kimyo texnologiyasi yonalishi vakillariga o`rganilayotgan mehnat faoliyatlarini shaxsan ko`rib bilish hamda aqlli kichikroq shaxsiy tajribaga ega bo`lish uchun ayniqsa zarur. Ishtirokli kuzatish - agar oldingi metod faoliyatni o`rganishga mo`ljallangan bo`lsa, bu endi shuni ijro etuvchi shaxsni o`rganishga mo`ljallanadi. Uni g`oyat mahorat bilan qo`llaganda, kishi o`zi o`rganish ob‘ekti bo`lib, xizmat qilayotganini sezmaydi, binobarin u o`rganayotgan kishiga mehnat jamoasining bir a‘zosi deb qaraydi. Bu ularning tabiiy bo`lishiga hamda, ko`proq ob‘ektiv ma‘lumot to`plashga imkon beradi. Mehnat operatsiyalarini ob‘ektiv qayd etish butun mehnat faoliyati psixik holatlar alohida harakatlar va tadbirlar yig`indisidan hosil bo`ladi. Tekshirishning zamonaviy texnik vositalari barcha mehnat jarayonlarini tekshiruvchining shaxsiy kuzatuvlari bilangina emas, balki o`rganilayotgan hodisalarni ob‘ektiv qayd etib borish bilan o`rganish imkoniyatini beradi. Ishchi holatini yoki yuz tasvirini suratga olish qayd etishning ana shunday namunasidir. Mazkur yoki boshqa ob‘ektni masalan, ishga kuzatayotgan kontrol asboblardan ko`rsatganlarini, mimika - pantomimikani, kinoga olish psixologik hodisani qayd etish eng yaxshi metodik yondashuvdir. Ongning to’rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks.
Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda esa (jalb etilgan) ijtimoiy boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi potologiya normal ongni mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi:
Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi. YA’ni kishilar to’g’risida zarda bilan gapiradi va hakazo.
Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»
Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.
Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.
Iroda haqida tushuncha Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi Subyektning faoliyati - tashqi va ichki - voqelikning aqliy aks etishi bilan vositachilik qiladi va tartibga solinadi. Ob'ektiv dunyoda sub'ekt uchun o'z faoliyatining motivlari, maqsadlari va shartlari sifatida harakat qiladigan narsa u tomonidan u yoki bu tarzda idrok etilishi, taqdim etilishi, tushunilishi, xotirasida saqlanishi va takrorlanishi kerak; xuddi shu narsa uning faoliyati jarayonlariga va o'ziga - uning holatlariga, xususiyatlariga, xususiyatlariga tegishli. Shunday qilib, faoliyat tahlili bizni psixologiyaning an'anaviy mavzulariga olib boradi. Biroq, endi tadqiqot mantig'i o'zgarib bormoqda: psixik jarayonlarning namoyon bo'lishi muammosi ularning kelib chiqishi, inson ob'ektiv dunyoda kiradigan ijtimoiy munosabatlar orqali ularning paydo bo'lishi muammosiga aylanadi. Asosiy metodlardan biri bo`lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma‘lumot olinadi Ta‘lim maskanlari psixodiagnostikasi shaxsni ta‘- lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste‘dodini aniqlab olish maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi Kasbiy layoqatni aniqlovchi testlarning ishonchliligi, shaxs psixodiagnostikasi, kasbiy psixodiagnostika, professiogramma (professiografiya) tarixi: kelib chiqish sabablari, imkoniyatlari, takomillashishi, sohaning kasb egasiga psixologik talablari va kasbiy faoliyatda psixologik bilimlarning ahamiyati, psixologiya fani haqida tushuncha, psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari, psixik hodisalarning asosiy shakllariga oid ko`nikmalarni shakllantirish.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosligini. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.va shuningdek Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta‟minlashdagi o„rni va roliga alohida e‟tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o„zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta‟sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo„lgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta‟kidlaydi. Bolani yomon ta‟sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi. Shuningdek, alloma o„qitish samaradorligini ta‟minlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta‟kidlaydi. Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda bo„lish, ularning yordami va qo„llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yo„lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o„zaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o„rnini belgilab beradi.Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo„ladi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to„g„ri tashkil etish lozim. Lekin ko„p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo„ladi. O„smir va o„spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o„yin, o„qish va mehnat kiradi. Ular yo„nalishiga ko„ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko„ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. 7 Faoliyat faol va passiv bo„lishi mumkin. O„smir faoliyati muhit va tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o„z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o„z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko„zga tashlanadi. Ta‟lim jarayonida faollik o„quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o„z qobiliyatini namoyon etishga yo„llaydi. Bilishga bo„lgan faollik o„quvchining intellektual rivojlanishini ta‟minlaydi. Faollik ko„rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko„ra, o„quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo„ladi. Ta‟lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o„zgarib turishi kerak. Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o„z mehnati, g„ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O„qituvchi qanchalik yaxshi o„qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o„zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma‟naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o„z faoliyatini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligidadir. Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Rivojlanishning yosh va o„ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri kuchli bo„ladi. 8 Bolalarning tarbiyasiga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tganlarliklari haqida tushunchalarga ega bo'ldim.
Dostları ilə paylaş: |