Andijon Davlat Pedagogika instituti. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo'nalishi talabasi Olimova Muxlisaning Umumiy pedagogika fanidan mustaqil ish uchun tayyorlagan taqdimoti
ABU NASR FOROBIYNING IJTIMOIY FALSAFIY QARASHLARI.
ABU NASR FOROBIYNING IJTIMOIY FALSAFIY QARASHLARI.
Reja:
1. Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li.
2. Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari.
4.Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar.
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi.Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yaxshi bilardi. O'zi turkiy xalqlarga mansub bo'lib ona tilini yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini juda ham yaxshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Forobiy turli ilmlarni yaxshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan.
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».