Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari



Yüklə 378,47 Kb.
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü378,47 Kb.
#119378
1   2   3   4
Презентация

Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.

  • Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.
  • Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi.

Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:

  • Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:
  • 1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.
  • 2. Mantiq.
  • 3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.
  • 4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
  • 5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.
  • Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi.
  • Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir.
  • Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi»[9].Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin