O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
1-BOSQICH TT 14-23 (S) GURUH TALABASINING
“DINSHUNOSLIK” fanidan
MUSTAQIL ISHI 1
Bajardi: Bobomurodov D
Qabul qildi: Mamatqulova D
QARSHI – 2023
1-mustaqil ish
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojoʻylik, diniy eʼtiqod, aqida, ilohiyot tushunchalarining mohiyati.
Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, tarkibiy-funksional, genetik tahlil.
Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha konkret shakl, ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya konkret falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning adekvatligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi.Zero, bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim,ta’limot va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak,din falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim.
Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini inobatga olsak, din falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi.
Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, o‘rganilayotgan predmetning realligi obyektivlikni, uni tushunish zarurati subyektivlikni talab etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat biri ustuvor ahamiyat kasb etmasligi lozim. Xususan, tarix va zamonaviy voqelik obyektivlik tamoyilining mutlaqlashtirilishi dinga salbiy munosabatni, uning ashaddiy tanqidini keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa dinning muayyan shakliga alohida e’tibor tufayli umuman din fenomeniga xos xususiyatlarning nazardan qochirilishiga va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib keladi. Demak, ikkala tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi dinni adekvat anglash jarayoniga ziddir. Bundan din falsafasi haqiqatan ham din fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Chunki din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxir-oqibatda falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa-da, bilish natijalarining boshqalar uchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur.
Din falsafasining asosiy muammolari. Din falsafasining dinshunoslik fanlari tizimidagi o‘rni, dinni falsafiy tadqiq etishning usullari masalasini hal etish u o‘rganadigan muammolar ichida alohida ahamiyatga ega. Zero, ushbu masalaning muvaffaqiyatli yechimi uning maqomi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniq belgilab olishga yordam beradi.
Bugungi kunda dinning mohiyatiga turlicha yondashuvlar va ularga asoslangan turfa ta’riflar mavjud. Bu tadqiqot metodologiyasi xilma-xilligining tabiiy hosilasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi falsafiy ta’rifni ishlab chiqish va uni shakllantirishga yondashuv tamoyillari mazmunini aniqlash ham din falsafasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, dinning ontologik va gnoseologik asoslari va manbalarini tadqiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda umume’tirof etilgan metodologik bazani shakllantirish ham din falsafasi oldida turgan muhim muammolar sirasiga kiradi.
Dinning mohiyatini anglash unga xos xususiyalarning tizimli taxdil qilinishi bilan uzviy bog‘liq. Shu ma’noda diniy dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya, tafakkur va tilning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etish, bu borada mavjud bo‘lgan qarashlar va yondashuvlarda yakdillika erishish ham din falsafasining muhim muammolaridan hisoblanadi.
Din falsafasi uchun ulkan ahamiyatga ega muammolar qatorida xudo haqidagi teistik ta’limotlarning mazmuni, ularning yuzaga kelish sabablarini tadqiq etish, diniy falsafaning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash,mazkur yo‘nalishdagi qarashlarni qiyosiy o‘rganish bilan bog‘liq masalalar mavjudligini ham qayd etish zarur.
Din falsafasining falsafiy va dinshunoslik fanlari tizimida tutgan o‘rni. Ilm-fan rivojlanishining ilk bosqichlarida dinshunoslik alohida va mustaqil fan sifatida rivoj topgan. Ammo uzoq taraqqiyoti davomida dinshunoslik sertarmoq sohaga - din fenomenining xilma-xil qirralarini tadqiq etadigan fanlarni o‘zida birlashtirgan tizimga aylandi. Bugungi kunda mustaqil maqomga ega bo‘lgan dinlar tarixi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi kabi fanlarning mavjudligi bunga dalil bo‘la oladi. Bu dinshunoslikning yaxlit tizim sifatidagi rivoji konkret fanlar taraqqiyoti bilan uzviy bogliq holda kechayotganini, ular o‘rtasida integratsiyalashuv mavjudligini ko‘rsatadi.
Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.
Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.
Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi.
Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi fanlar taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini uning konkret shakllarida tiklashga, diniy e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi fani konkret dinlar va umuman dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki bu davriga xos xususiyatlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy, ham empirik darajadao‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy bogliq. Xususan, din sotsiologiyasi tomonidan din va jamiyat hayotining turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish jarayonida to‘planadigan empirik materiallar va unga tayangan nazariy umumlashmalar din va diniy hayot rivojiga xos qonuniyatlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va funksiyalarini belgilab beruvchi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganuvchi din psixologiyasi fani yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan, dindorlar ongi va hissiyotlarining konkret ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi, diniy marosimlarning inson ruhiyatiga ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-psixologik strukturasi, muloqot, ishontirish va ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini o‘rganish bilan bogliq holada to‘plangan materiallar shaxs va jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni va rolini tushunishga xizmat qiladi
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik 4 va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir 5 qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya. Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. 1992 yil 7 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992 yil 1 aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, 1993 yil 16 sentabrda islom dinida naqshbandiya tariqatiga asos solgan Xoja Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi Buxoro shahrida keng nishonlandi. 1993 yil 23–24 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1994 yil 18 oktabrda yana Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qo‘shgan alloma Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi keng nishonlandi. 1995 yilning noyabrida Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishonlandi. 1998 yil 23 sentabrda muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida o‘tkazildi. 1998 yil 23 oktabrda esa Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi Samarqand shahrida nishonlandi va Imom alBuxoriy majmuasi ochildi. Bu tadbirlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshirildi. 1998 yilga kelib mamlakatda din va diniy faoliyat shu qadar keng quloch yozgan ediki, ezgu ishlar bilan bir qatorda, yovuz, qora niyatlarni amalga oshirish, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborish uchun sharoit yaratishga urinishlar ham ko‘zga tashlanib qoldi. Bu holat mantiqan va tarixan 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotdan orqada qolganligini ko‘rsata boshladi. Shu bois 1998 yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi hayot taqozosi bo‘ldi. Bu qonun eskisidan farq qilib, dindor shaxs va diniy tashkilot faoliyatining amaldagi Konstitutsiyasi va qonunlar asosida tartibga solinishini, fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarining poymol etilishiga barham berilishini, 6 O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotga joriy qilinishi dinga va diniy tashkilotlarga g‘araz maqsadlar bilan kirib olgan, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan turli unsurlarni bezovta qila boshladi. Bunday qora niyatli unsurlar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z manfur va jirkanch maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar. Mash’um 1999 yil 16 fevral, 2004 yil 29, 30 mart – 1 aprel, 2005 yil 12–13 may voqealari bu jarayonlarning asl mohiyatini ko‘rsatdi. Buning oqibatida ko‘plab begunoh odamlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ushbu voqealar dinning jiddiy mafkuraviy omilga aylanib borayotganligini, ko‘p millatli davlat sharoitida u diniy nizolar chiqishi uchun ayrim siyosiy kuchlarga qo‘l kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Natijada dinni, uning tarkibi va jamiyat hayotidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi. Tabiiyki, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash demokratik davlat sharoitida nafaqat davlat siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini, balki, avvalo, diniy konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar qaror topishini, eng asosiysi, har bir fuqaroning din, diniy mazhablar, dinning tarixi va hozirgi hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini talab qiladi. Aynan shunday ehtiyojlar dinshunoslikning ijtimoiy mavqeini va hozirgi ahamiyatini belgilaydi. Dinshunoslik tarix, falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi. Dinshunoslik fanining yana bir muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi.
Xulosa
Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.
Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.
Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of religion. — USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar jamoasi. — Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi», 2013.
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi (o‘quv qo‘llanma). - Т.: «Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi», 2011.
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va boshqalar. Dinshunoslik: darslik / Mas’ul muharrir N.Ibrohimov. - Toshkent: Mehnat, 2004.
5. Valiyev B., Rasulov A. Din psixologiyasini o‘qitishning innovatsion metodlari. — Т.: «Yangi asr avlodi», 2013.
6. Din psixologiyasi: o‘quv qo'llanma / B.Valiyev va boshqalar. — Т.: «Movarounnahr», 2014.
7. Rasulov A., Tursunov L. Din psixologiyasidan praktikum. — T:. «Movarounnahr», 2016.
Dostları ilə paylaş: |