Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

21.1-chizma. Real mahsulot o’sishini aniqlab beruvchi omillar 


315 
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab 
chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi. 
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi muhim omil har bir 
ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma‘lum vaqt ichida, 
kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq 
o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir xodimning asosiy kapital bilan 
qurollanganlik darajasi kamayadi. 
Ta‘lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada 
ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga 
investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisob-
lanadi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasiga 
ham bog‘liq. 
Tabiiy, mehnat resurslari va asosiy kapitalning mavjud darajasida ishlab 
chiqariladigan turli tuman mahsulotlar miqdorining o‘zgarishini ishlab chiqarish 
imkoniyatlari egri chizig‘ida ifodalash mumkin. 
AQShlik iqtisodchi E.Denison har xil (ekstensiv va intensiv) omillarning 
iqtisodiy o‘sishga miqdoriy ta‘sirini aniqlashga harakat qilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


316 
AQSh real milliy daromadi o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar 
 (1929-1982yy.) 
21.2-jadval 
Iqtisodiy o’sish omillari 
Har bir omil 
salmog’i (%) 
1. Mehnat harajatlarining ortishi 
32 
2. Unumdorlikning o‘sishi 
68 
3. Texnika taraqqiyoti 
28 
4. Kapital harajatlari
19 
5. Ta‘lim va professional tayyorgarlik
14 
6. Ishlab chiqarish miqiyosi taqozo qiladigan tejash 

7. Resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi 

8. Qonunchilik – muassaviy va boshqa omillar 
-9 
Jami 
100 
 
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib turuvchi omillar ham mavjud 
bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi asosiy omillar quyidagilar: 

mehnat muhofazasi; 

atrof muhitning ifloslanishi; 

ekologik muammolar; 

ishlovchilar mehnat sharoitini yaxshilash; 

xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; 

tabiiy ofatlar va favqulotda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar. 
Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof muhit ifloslanishining 
oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni 
tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida iqtisodiy 
o‘sish sur‘atiga so‘zsiz salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga 
oshirish tegishli harajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshi-
rish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin