323
mehnat unumdorligining o‘sishi;
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy buyumlashgan boylik nafaqat ishlab chiqarishning natijasi balki
uning shart-sharoiti hamdir. Buning ma‘nosi shuki, bir tomondan boylikning
iste‘mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa
tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy
texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur‘ati va miqyosi
milliy boylikdan foydalanish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Moddiy buyumlashgan boylik takror ishlab chiqarish uning har qanday
shaklida yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning shart-
sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi.
Tabiat in‘omlari o‘zining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu
holatda inson faoliyatining natijasi hisoblangan milliy boylik tarkibiga kirmaydi.
Buning ma‘nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik
hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta‘siri oqibatida aylanadi.
Dostları ilə paylaş: