326
MHTda barcha aktivlar va majburiyatlarni baholashda joriy bozor
narxlaridan foydalaniladi. Asosiy kapital qiymatini MHTda aks ettirishda qayta
tiklash qiymatini aniqlash usuli ham qo‘llaniladi. Yana bir usul aktivlardan
foydalanishdan
kutilayotgan
bo‘lg‘usi daromadlar tushumining haqiqiy
(diskontlashgan) qiymatini aniqlash hisoblanadi.
Chet el valyutalarida qayd qilingan aktivlar va majburiyatlar bozor
ayriboshlash kursi bo‘yicha milliy pul birligida baholanishi zarur.
MHTda nomoliyaviy aktivlar ikki turga ajratiladi: ishlab chiqarilgan va
ishlab chiqarilmagan aktivlar. Ishlab chiqarilgan aktivlarga asosiy kapital, moddiy
aylanma vositalar va qimmatliklar kiritiladi
63
Ishlab chiqarilmaydigan aktivlar uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:
tabiiy resurslar; ijara va litsenziya shartnomalari; xarid qilingan gudvill
64
va
marketing aktivlari
65
MHTda moliyaviy aktivlar va majburiyatlar sifatida quyidagilar hisobga
olinadi:
monetar oltin va qarz olishning maxsus huquqi;
naqd valyutalar va o‘tkazilgan depozitlar;
qarzli qiymatli qog‘ozlar va ssudalar;
aktsionerlik kapitali va investitsion fondlar aktsiyalari;
sug‘urta, pensiya ta‘minoti va standartlashtirilgan kafolatlar dasturlari;
boshqa debitorlik va kreditorlik qarzdorlik (tovarlarni yetkazib berish
bilan bog‘liq tijorat kreditlari, soliqlar, dividend, ish haqi to‘lash,
qimmatliqog‘ozlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq qarzdorlik)
Dostları ilə paylaş: