Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi

 
-
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim.
 
-
tabiiy-geografik sharoitlar
.
-
tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va 
diniy marosimlar.
-
aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar
;
-
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, 
ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayriboshlashning rivojlanishi

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma‘lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta‘siri va 
bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib 
boradi.
 Ehtiyojlar turlari. E
htiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lganligi sababli, 
ularni turkumlashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ular, ehtiyojlarni absolyut 
va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi, qondirilishi zarur va qondirilishi 
kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda 
qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi.


12 
1. Ehtiyojlar qondirilish zaruriyatidan kelib chiqib birlamchi – eng zarur 
ehtiyojlar, ikkilamchi qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ehtiyojlar mavjudligi 
qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, 
kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga 
ularning ma‘naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san‘at, 
turli ko‘ngilochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. 
Ayni vaqtda bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi 
uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Bir kishi uchun ma‘naviy ehtiyojga 
xohish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish mumkin. 
2.
Ehtiyojlar sub‘ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat 
ehtiyojlariga bo‘linadi. 
a) 
Individual ehtiyoj –
har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik 
ehtiyojlar bilan birga har tomonlama kamol topishi uchun bo‘lgan ehtiyojlarni o‘z 
ichiga oladi.
b) 
Guruhiy ehtiyoj
– bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan 
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, 
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. 
v) 
Umumjamiyat ehtiyoji
– bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun 
bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va 
guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.
3.
Ehtiyojlar ob‘ektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. 
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular 
tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning bir-
lamchi shartidir. Ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining ma‘lum 
bosqichida, tsivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi 
bilan ijtimoiy-ma‘naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. Kishilar 
ijtimoiy-ma‘naviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma‘naviy, estetik, jismoniy 
jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.


13 
4.
Ehtiyojlar maqsadidan kelib chiqib mehnat qilish, dam olish, ish qobi-
liyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlarga ajratiladi. 
Mehnat qilish ehtiyoji insonning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson 
yashay olmaydi. Chunki mehnatsiz nozu-ne‘matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson 
shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat qilishga ehtiyoji insonda jismoniy mehnat 
layoqati va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnat qilar ekan
albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngilochar tadbirlarda 
qatnashishiga ehtiyoj sezadi. 
Ehtiyojlar qondirilishi tartibiga ko‘ra yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan 
ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka 
tartibda, boshqa qismini esa birgalikda qondiradi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi 
odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma‘naviy 
ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim 
kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda 
qondiriladi. 
5.
Iste‘moldan ko‘zlangan maqsadga qarab shaxsiy va unumli yani ishlab 
chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste‘mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan 
ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, bunda
iste‘mol tovarlari ( xizmatlar) shaxsiy iste‘mol uchun foydalaniladi. Ishlab 
chiqarish ehtiyojlari bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, yaratish uchun zarur bo‘lgan 
ishlab chiqarish vositalari unumli iste‘mol qilinadi.
Jamiyatning, ya‘ni uni tashkil qiluvchi kishilar, korxonalar va davlat 
ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va ortib borishi 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin