143
9.2-chizma. Talab bo’yicha narx egri chizig’i
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya
hisoblanuvchi firma
o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi.
Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi
farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari
kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati sanoatning
qayta ishlovchi va
undirma sanoat tarmoqlari mahsulotlariga o‘rnatiladigan narxlarga xos.
XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Frantsiya,
Buyuk Britaniya va boshqa
g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi
yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishidan siqib chiqargan.
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Oligopoliya
sharoitida
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan
qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi.
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga
qolgan oligopolistlar ham
ergashadi. Odatda, bozorda o‘z tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste‘molchilari
soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harakatiga
javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning
144
umumiy pasayishi ro‘y berib, bozordagi
ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligo-
polistning xatti-harakati samara bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarishni qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etilishi kuzatiladi. Ko‘pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y
beradi, ya‘ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar.
Natijada,
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste‘molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib chiqa-
riladi.
Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri
chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi. Bunday holatni birinchi bo‘lib XX
asrning 40-yillarida Amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan.
Dostları ilə paylaş: