144
umumiy pasayishi ro‘y berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligo-
polistning xatti-harakati samara bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan
o‘zgarishni qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etilishi kuzatiladi. Ko‘pincha
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y
beradi, ya‘ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada,
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste‘molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib chiqa-
riladi.
Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri
chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi. Bunday holatni birinchi bo‘lib XX
asrning 40-yillarida Amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan.
Dostları ilə paylaş: