Raqobat vositasi . Ma‘lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyotining
rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi
kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob – kitob vazifasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib
aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob
vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqichida
ijtimoiy himoya vazifasini o‘ta vchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy
zarur iste‘mol tovarlari bilan eng kam darajada ta‘minlash maqsadida ham
qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va
un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar
dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va
haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni aniqlash vazifasi. Qilingan sarf-xarajatlar va
olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab
chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg,
m
2
, m
3
, kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, bitta
umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning
umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va
qiyosiy narxlar qo‘llaniladi.
Joriy narxlar amaldagi narxlar bo’lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning