Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

III.
 
Amal qilish doirasi (bozor ko’lami)ga ko’ra hududiy, milliy va 
jahon narxlari ajratiladi. 

Hududiy (mintaqaviy) narxlar muayyan xududiy bozorlarda uning doirasida 
amal qiluvchi omillar ta‘sirida shakllanadi. 

Milliy narxlar alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-
xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta‘sirida shakllanadi. 

Jahon narxlari muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalminal 
xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda 
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi. 
IV.
 
O’zgaruvchanlik darajasiga ko’ra standart va o’zgaruvchan 
narxlar farqlanadi. 
Bozor sharoitiga qarab o‘zgarmaydigan narxlar 
standart narxlar 
deyiladi. 
Bunda narx o‘zgarmasada, foyda ko‘payishi mumkin, ya‘ni bu narx xaridorga 
qulaylik tug‘diruvchi xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Masalan: avtobusda yo‘l haqi o‘zgarmaydi, lekin avtobuslar soni qisqaradi yoki 


149 
bekatlar qisqartiriladi, muzqaymoq tarkibida sariyog‘ yoki qaymoq ulushi 
kamaytiriladi.
O’zgaruvchan narxlar
– bozor sharoitiga qarab oshib yoki pasayib turadi. 
Bunda talabning o‘zgarishi hisobga olinadi. Masalan: yangi tovar rusumga 
kirayotganda, unga talab yuqori, shunga ko‘ra narxi baland bo‘ladi. U kundalik 
zarur tovarga aylangach narxi ham arzonlashadi. O‘zgaruvchan narxlar yana shun-
da ko‘rinadiki, qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat bo‘lib, 
bahorga borib ular arzonlashadi. Narxlarning o‘zgarishi ma‘lum chegarada yuz 
beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy o‘lchami narx diapazoni deyiladi. 
 
Narx diapazoni -
turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin