152
Demping narx
– bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash
va raqiblarini siqib
chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib olish narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narx
– aholining yuqori daromad oluvchi
qatlami xarid qiladigan
tovarlarni sotishda qo‘llaniladi.
Narx diapazoni
– narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.
Erkin narxlar
– talab va taklif ta‘sirida shakllanadigan narxlardir.
Muhokama uchun savollar
1.
Narxning iqtisodiy mazmunini izohlang.
2.
Narxning ahamiyati nimada va u qanday vazifalarni bajaradi?
3.
A.Marshallning «Narx kontseptsiyasi»ning mohiyati nimadan iborat?
4.
Talab narxi va taklif narxini tushuntirib bering?
5.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida narx qanday shakllanadi?
6.
Narx qanday omillar ta‘sirida shakllanadi?
7.
Monopollashgan bozorda narx qanday shakllanish xususiyatlariga ega?
8.
Narxning qanday turlarini bilasiz?
9.
Narxning quyi va yuqori chegarasi deganda nimani tushunasiz?
10.
Narxning mutloq va nisbiy darajasini tushuntirib bering?
11.
Narx paritetini izohlab bering?
12.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
davridagi narx siyosatining
o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering?