148
chegarasini belgilanganda, hamda moliyaviy va kreditli
dastaklardan foydalanib,
narxga ta‘sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Tartibga solinadigan narxlarga limitlangan va dotatsiyalangan narxlarni kiritish
mumkin. Limitlangan narxlarda davlat tomonidan belgilangan yuqori va quyi
chegara doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani
jilovlaydi, uning o‘sishini nazorat qiladi. Dotatsiyalashgan narxlarni bozori kasod
bo‘lganida firmalar arzonlashtiradigan narxlar bilan o‘xshatmaslik kerak.
Dotatsiyali
narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va nogiron qatlamlarini
minimal darajada ta‘minlab turish uchun ishlatiladi. Maxsus arzonlashtirilgan,
ammo dotatsiyasi bo‘lmagan narxlar ham borki, ularni belgilashda firmalar, xayri-
ehson tashkilotlari qatnashadi. Mazkur homiylar tovarlarning odatdagi
narxi bilan
arzonlashtirilgan narxi o‘rtasidagi farqni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar.
Shartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi tomonidan
shartnomada qayd qilingan narxlardir.
Dostları ilə paylaş: