Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
-
ishlab chiqarish vositalari, xalq iste‘mol tovarlari, bajarilgan ishlar va 
xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish;
 
-
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish.
 
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, 
narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga 
qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar 
quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish; b) narxlar 
o‘sishini sun‘iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish 
va nazorat qilishni ma‘lum darajada saqlab qolish. 
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, shu yo‘llardan birini 
tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos 
kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta‘sir ko‘rsatishi, 
isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va 
kutiladigan salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda MDH ning bir qator mustaqil davlatlar narxlarni 
erkinlashtirishning «tezkor» yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo 
resurslari, iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‘la erkin qo‘yib yubordi. 
Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga 
qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolning keskinlashuviga olib keldi, ishlab 
chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan chiqishiga 
sabab bo‘ldi. 


151 
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l 
bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) 
keng doiradagi ishlab chiqarish, texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim 
turdagi xalq iste‘moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va 
tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat 
va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmat-
larning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji 
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. Qat‘iy belgilangan va davlat 
tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. 
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, 
noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, 
transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Narxlarni erkinlashtirish 
aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. 
Respublika iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida: ―... Makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlarini 
saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta 
va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta‘minlash – eng muhim 
ustuvor vazifamizdir.‖

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin