Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan 
boshqalarining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning 
aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining 
umumiy o’sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi. 


162 
Ishlab chiqarishning gorizontal to’planishi – bu milliy iqtisodiyotning 
ma’lum tarmog’i doirasidagi korxonalarning yiriklashuvidir. 
U erkin raqobat 
davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining asosiy 
shakli sifatida namoyon bo‘lgan.
 
Ishlab chiqarishning vertikal to’planishi– bu milliy iqtisodiyotdagi bir 
necha 
o’zaro bog’liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning 
to’planishidir. 
U ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi. 
Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining 
ma‘lum darajasida 
monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi 
hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 
1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‘lishi 
ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga 
imkon yaratadi; 
2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta 
miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, 
tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab 
chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi. 
Monopoliyalarning kelib chiqishi va shakllanish yo‘llariga bog‘liqligi 
bo‘yicha asosiy turlarini qarab chiqamiz: 
Tabiiy monopoliyalar
– iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik 
xususiyatlari taqozo qilib, raqobatni qullash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin 
bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta‘minoti korxonalari; 
Temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari. 
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham 
qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti 
boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini yetishtirishda takror 
ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer 
uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi. 


163 
Iqtisodiy (sun‘iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi 
hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi. 
Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va kontsernlarni kiritish 
mumkin. 
Kartel
– sanoatning bir tarmog‘idagi bir nechta korxonalar uyushmasi bo‘lib, 
qatnashchilar ishlab chiqarish va tijorat sohasida to‘liq xo‘jalik mustaqilligini 
saqlab qoladi. Ular ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushi, sotish narxlari, 
bozorlarning taqsimlanishi va boshqa shu kabilar bo‘yicha kelishib oladi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar (OPEK) tashkiloti – xalqaro ko‘lamdagi 
kartelga misol bo‘la oladi. U 1960 yilda tashkil qilingan bo‘lib, a‘zo mamlakatlar 
(XX asr oxirida 11 mamlakat) neftni qazib olish va eksport qilish sohasida yagona 
siyosat yuritishga harakat qiladi. 
Sindikat 
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi 
bo‘lib, qatnashchilar xo‘jalik yuritishning moddiy shart-sharoitlariga mulkdorlik 
huquqini saqlab qoladi, ular provard mahsuloti esa umumiy mulk sifatida alohida 
tashkil qilingan muassasa tomonidan sotiladi. 
Trest
– tadbirkorlarning birgalikdagi mulki asosida tashkil qilinib, unga 
kiruvchi korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustaqilligini 
yo‘qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi. Bunga ―O‘zbekiston havo 
yo‘llari‖ DAK, umumiy ovqatlanishi va maishiy xizmat korxonalarning shahar 
birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo‘mitalari misol bo‘la oladi. 
Kontsern
– formal mustaqil korxonalar ittifoqi bo‘lib, uning doirasida bosh 
firma barcha qatnashchilar ustidan moliyaviy nazoratni tashkil qiladi. Hozirgi 
zamon kontserni – bu yirik ko‘p tarmoqli majmua bo‘lib, unga turli mamlakatlarda 
joylashgan sanoat, savdo, bank va boshqa korxonalar kiradi. Kontsern qat-
nashchilarni aktsiyalariga egalik qiluvchi kompaniya ular faoliyatiga ta‘sir 
ko‘rsatishi sababli ―xolding‖ (inglz. hold – ushlash, egallash) deb nomlanadi. 
Konsortsium
– hamkorlikda yirik tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish 
uchun sanoat, bank va boshqa kompaniyalarning vaqtinchalik birlashmasidir. 


164 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. 
U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi hamda o‘ziga foydali bozor narxini 
o‘rnatishga harakat qiladi. Buning uchun monopolistda bir qator imkoniyatlar 
mavjud bo‘ladi: 
1)
Monopolist 
korxona 
o‘z tovarining sotish hajmini kamaytirib, 
mahsulotning sun‘iy taqchilligini vujudga keltiradi va bu taklif narxining o‘sishiga 
olib keladi. 
2)
Mutloq monopoliya kichik ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta 
Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin