Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Oligopoliya 
– tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud 
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan 
kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq 
hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir 
va shu kabilar – jismoniy ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oli-
gopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, 
yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil 
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan firmalarning umumiy o‘zaro bog‘liqlikda joylashishi 
yashirincha kelishishga qulaylik tug‘diradi. Yashirincha kelishish narxlarni qayd 
qilish, bozorni bo‘lish va boshqacha yo‘llar bilan o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni 
cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Uning eng oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar 
narxlar va ishlab chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgan narxni ushlab turish 
mumkin bo‘lishi uchun ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar 
bo‘lingan bo‘lishi zarur. 
Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‘z o‘rnini 
tutadigan norasmiy vosita hisoblanadi. Bunda tarmoqdagi katta yoki ancha 
samarali firma narxni o‘zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi 
mumkin. 
Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o‘rin beradi. Chunki birinchidan, 
raqobatchilarga reklama va mahsulotni o‘zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan, 
oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli 
moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi. 


167 
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
alohida-alohida, ya‘ni sof holda uchramaydi.
Shu sababli erkin raqobatli bozorning xaraqterli belgilari bilan, sof 
monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o‘rtasidagi 
farqlarni ko‘rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun 
bozorning keyingi uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki 
«nomukammal» raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi.
Raqobatning qarab chiqilgan to‘rtta shaklidan tashqari, ko‘plab bozor 
tuzilmalari ham mavjud bo‘ladi. Jumladan, bular monopsoniya, duopoliya, ikki 
tomonlama monopoliya. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin