Tayanch tushunchalar Davlat antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga
solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi.
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik hususiyatiga ko‘ra
raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni qondirishning o‘ziga xos bozor
tuzilmasi bo‘lib, unda raqobatni qo‘llash qiyin yoki mumkin bo‘lmaydi.
37
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича
Ҳаракатлар стратегияси.
182
Monopol faoliyatni tartibga solish – bu
davlatning
ishlab
chiqaruvchilarning bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash maqsadida
amalga oshiradigan qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora
– tadbirlari.
Muhokama uchun savollar: 1. Tabiiy monopoliya sub‘ektlari tarkibiga qanday korxona va tashkilotlarni
kiritish mumkin?
2. Tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyatini tartibga solish zarurati nima
bilan izohlanadi?
3. O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar faoliyati qanday me‘yoriy hujjatlar
bilan tartibga solinadi?
4. O‘zbekistonda tabiiy monopoliya sohasini belgilash qaysi mezonlarga
asoslanadi?
5. Mamlakatimizda tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyatini tartibga
solishda xorijiy mamlakatlardagi qaysi usullardan foydalanish mumkin?
6. O‘zbekistondagi tabiiy monopoliyalar sub‘ektlarining vujudga kelishi,
amal qilishi xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalariga baho bering.
7. O‘zbekistondagi tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyatini tartibga solish
usullari samaradorligini baholang va ularni xorijiy mamlakatlardagi mavjud usullar
imkoniyatlari bilan taqqoslang.