Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


XII BOB. ISH HAQINING SHAKLLANISHI VA AMAL QILISH



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

XII BOB. ISH HAQINING SHAKLLANISHI VA AMAL QILISH 
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini belgilovchi omillar. 
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari. 
3. Ishchi kuchi bozorida ish haqining shakllanishi. 
4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish 
xususiyatlari. 
1.
 
Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini belgilovchi omillar 
Mehnat haqi qilingan mehnatning har qanday turi hisobiga olingan daromad 
shaklini anglatadi. 
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida 
ular mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish 
haqi shaklini oladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida
38
ish haqi ishchi kuchi bozorida 
mehnatning bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ish haqi darajasi unga bo‘lgan 
talab va taklif nisbatiga ishchining malakasi, mehnatining intensivligi va ishlab 
chiqarish natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish haqi iqtisodiy kategoriya sifatida hodimlar mehnatining miqdori,
sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining pul-
dagi ifodasidir. 
Ish haqidan farq qilib mehnat haqi turli xodimlar, shu jumladan aholiga 
maishiy xizmat ko‘rsatuvchi (sartarosh, maishiy texnikani ta‘mirlovchi master va 
boshqa.) mayda mulk egalarining mehnat haqi, hamda gonorar, mukofot va ular 
mehnatini rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. 
Ishchi kuchining aniq bozorida ish haqi uning stavkasini yoki resurslar 
bozorida mehnatning aniq turi narxini anglatadi.
Ishchi uchun qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha 
miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli 
38
jumladanEkonomiksdarsliklarida, 
1998 
yildaMoskvadaV. 
D. 
Kamayevrahbarligidachiqarilgan 
«Iqtisodiyotnazariyasi» darsligida, 1997 yildaToshkentdachopqilinganA. O‘lmasovning «Iqtisodiyotasoslari» 
o‗quvqo‗llanmasidavaboshqalarda



184 
nominal va real ish haqi farqlanadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin