Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari 
Monopol faoliyatni tartibga solish – bu davlatning ishlab chiqaruvchilarning 
bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash maqsadida amalga oshiradigan 
qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora-tadbirlaridir.
Antimonopol qonunchilik asosida maxsus antimonopol muassasa (qo‘mita) 
tashkil qilinib u davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatini amalga oshiradi. 
Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat: bozor tuzilishini joriy tahlil qilish; 
monopollashuv omillarini aniqlash; antimonopol qonunchilikni amalga oshirish; 
sohaga tegishli qonun va hukumat qarorlarini ekspertizadan o‘tkazish; monopolist 
korxonalarga sanktsiyalar qo‘llash; monopoliyalarni bo‘lish va qayta tashkil qilish 
bo‘yicha takliflar berish. 
Ma‘muriy chora-tadbirlar dekartel va detrest tavsifiga ega bo‘lishi mumkin. 
Masalan, Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotida ikkinchi jahon urushidan keyin 
ana shunday tadbirlar qo‘llanilgan. Iqtisodiy tadbirlar odatda monopol ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotlariga narx o‘sishini cheklashga qaratiladi va tegishli narx 
siyosatini taqozo etadi. Narx siyosati ijtimoiy xizmatlardan tashqari tovarlarning 
ko‘pchilik guruhiga narxlarni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu siyosatning asosiy 
maqsadi milliy bozorga chet ellik ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishini yo‘l 
qo‘yiladigan darajada nazorat qilish asosida raqobatni rag‘batlantirish, mavjud 
monopoliyalarga qarshi turuvchi raqobatchi korxonalarni moliyaviy, soliq va 
kreditli vositalar orqali rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash 
uchun shart-sharoit yaratishdir.


181 
Davlatning monopoliyalarga qarshi amalga oshiradigan iqtisodiy chora-
tadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin: 
1.
Monopol mahsulotning o‘rnini bosuvchilarini ishlab chiqaruvchilarini 
rag‘batlantirish; 
2.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 
3.
Xorijiy investittsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va erkin savdo 
zonalari tashkil qilish; 
4.
Taqchil tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlarni 
davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish. 
Davlatning monopoliyalar faoliyatini tartibga solish usullari quyidagi 
maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi. 

bozorning monopollashuvini cheklash; 

doimiy davlat monitoringini amalga oshirish; 

monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash; 

raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash ya‘ni raqobatchi kompaniyalar 
qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash. 
Hozirgi davrda: ―iqtisodiy tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh 
muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida 
monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖
37
davlat antimonopol siyosatining 
negizini tashkil qiladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin