191
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta‘sirini
ham aks
ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha
tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat
sektorining ishchi kuchiga
bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy
sektorda ham tartibga soladi, milliy
iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta‘minlangan
oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar,
pensiya
ta‘minoti va boshqalar) katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlatning mehnat munosabatlariga ta‘sir ko‘rsatish yo‘llari sifatida yana
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi)ni
aniqlash va
o‘zgartirish;
ishga yollashning umumiy shart-sharoitlarini belgilash;
bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;
davlat ta‘lim tizimi orqali ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil
qilish.
Davlatning
ish
kuchi
bozoridagi
vositachilik
roli
ham
mehnat
munosabatlariga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga
qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish
hamda ishga joylashtirish
bo‘yicha umummilliy dasturlarni ishlab chiqish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qi-
tish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez
moslashishga imkon beradi.
Ishchi kuchi bozorining barcha qarab chiqilgan xususiyatlari,
uning etarli
darajada takomillashmagani, ya‘ni unda raqobatdan tashqari omillar – davlat,
kasaba uyushmalari va yirik korporatsiyalar ishtirok etishini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: