190
olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni
saqlashga ajratmalar
hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste‘molchilik
savati
qiymatini tartibga
solish kabi paketlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘pchilik
mamlakatlarda
ishsizlikni
ijtimoiy
kafolatlashga,
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari
bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba
uyushmalariga tegishli
bo‘ladi.
Ko‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari
orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p
sonli ishga
yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish
haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar
bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish.
Kasaba uyushmalari bu talabni
belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga
bo‘lgan talabni ko‘paytirishi mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga hara-
kat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan
xizmatga talabni
oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda
foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.
Bunga quyidagi yo‘llar
bilan
erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b)
bolalar mehnatini qisqartirish; v)
pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga
yordam berish.
Dostları ilə paylaş: