192
Vaqtbay ish haqi
– ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib
to‘lanadi.
Ishbay ish haqi
– ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi
hajmiga qarab to‘lanadi.
Nominal ish haqi
– pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi
– nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Muhokama uchun savollar
1.
Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?
2.
Ish haqining turlicha
nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z
qarashingizni
bildiring.
3.
Real ish haqi darajasi qanday omillar ta‘siri ostida o‘zgaradi?
4.
Nima uchun ish haqining umumiy darajasi
har xil mamlakatlarda
turlicha?
5.
Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi?
Ularning har
birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.
6.
Mehnat
munosabatlari
deganda
nimani
tushunasiz?
Mehnat
munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?
7.
Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning
qanday usullaridan
foydalanadilar?