174
dekabrda) «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va
g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy
asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini
shakllantirish va samarali amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan. Shuningdek,
mazkur qonunda mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda
hukmronlik mavqeini suiste‘mol qilishning oldini olish va unga barham berishni
ko‘zda tutsa,
ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan
bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolist tuzilmalar xatti-harakatiga qarshi
o‘rnatilgan.
Quyidagi
hatti-harakatlar
monopoliyaga
qarshi
qonunchilikka
zid
hisoblanadi:
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan bozordagi ustunlik mavqeining
suiste‘mol qilinishi (5-modda);
- xo‘jalik sub‘ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro
kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni
cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
- g‘irrom raqobat (8-modda).
Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar
bozordagi shu turdagi tovarlarning 35 foizidan ortiq bo‘lsa,
bu korxona
monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari
guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan.
175
Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu
usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
2. O‘z monopol mavqeini suiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni
bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil
18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‘jalik yurituvchi
jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilarning
huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risidagi» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga,
shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan
tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida
e‘tibor beriladi.
Respublikada raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga
qarashli bo‘lmagan sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish
fondi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko‘plab xalqaro tashkilotlar ham faol
qatnashmoqda. Jumladan, YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar
tashkil etildi. Evropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazi,
Germaniya
texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash
markazi tashkil etildi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda
amalga oshirilayotgan barcha ishlar rivojlangan bozor iqtisodiyotini tarkib topti-
rishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: