168
-
Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni
tejash imkonini beradi;
-
Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari
asosida rivojlantirish
uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Monopoliyaning
salbiy tomoni
sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish
mumkin:
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi.
Monopoliyalarning yuqori
foyda
ketidan quvib, ishlab chiqarishni cheklashi orqali narxlarni ko‘tarishi,
pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining
pasayishiga olib keladi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik
va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi.
Jamiyat boyligi
resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin
bo‘lgan potentsial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
Dostları ilə paylaş: