Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


partiyasini (masalan, qishloq xo‘jalik xom- ashyosini) oldindan past narxlarda



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018


partiyasini (masalan, qishloq xo‘jalik xom- ashyosini) oldindan past narxlarda 
sotib olib ularning ortiqcha zaxirasini vujudga keltiradi. Monopol past xarid 
narxlari yanada kamayishi bilan monopsoniya foydasi shunga mos ravishda o‘sib 
boradi. 
3)
Bir vaqtda monopolist va monopsonist hisoblangan korxona ―narxlar 
qaychisi‖ yordamida o‘z daromadini ko‘paytirib boradi. Jumladan, qayta ishlash 
sanoatidagi korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga sanoatning qayta ishlash 
tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlaridan bir necha barobar yuqori 
narxni o‘rnatadi. 
Monopolist birlashmalar bozordagi hukmron mavqeini ushlab turish uchun 
raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usullaridan foydalanadi. Bular: 
A) xo‘jalik – autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxonalar) lar 
bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish; 
B) demping – raqibini sindirish maqsadida tovarlarini oldindan 
―pasaytirilgan‖ (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish; 
V) monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan, 
neftni qayta ishlash zavodlariga neft etkazib berishni kamaytirish); 
G) narxni tartibga solish – monopolist mahsulotlarining kichik mulkdorlarga 
sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi. 


165 
D) qonunchilikda tan olinmagan vositalar yordamida (yutib yuborish va 
qo‘shib olish maqsadida buyurtma asosida jismoniy yo‘qotishgacha bo‘lgan) 
raqibini sindirish va sanoat josusligi. 
Monopolilar tarmoqqa kirish uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‘siqlar yangi raqobatchilarning 
tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar har xil 
ko‘rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar.
Jumladan, 
moliyaviy to‘siqlar ko‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki, bu tarmoqqa 
kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan 
avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib 
olish juda katta pul-kapitalini talab qiladi. 
b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar.
Buning mazmuni 
shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‘lmaydi, uni amalga 
oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy 
monopoliyalar deyiladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda 
o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‘lsa, 
bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat 
tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. 
v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar.
Davlat patent va litsenziyalar 
berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‘siqlar ham yaratadi. Patentlar uning 
egasiga mahsulotini to‘liq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki 
faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo‘li bilan 
cheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga 
tegishli vazirlik (mahkama) litsenziya beradi.
g) Xomashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik monopoliyalar 
tomonidan potentsial raqobatchilar uchun samarali to’siq yaratish vositasi sifatida 
foydalanishi mumkin.
d) G’irrom raqobat.
Firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini 
tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin.


166 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin