160
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat
foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma,
o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini
ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda
ta‘mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; mahsulotlari
o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste‘-
molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
foydalanishni
kamaytirib
tovar
taklifini
qisqartiradilar.
Shu
sababli
iqtisodiy
beqarorlik
davrlarida
ham
narx
barqarorligicha qolaveradi. Bunda ―ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning
raqobatbardoshligini taminlash‖
35
muhim ahamiyatga ega.
Monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin
tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish,
iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar
hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli
bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va
reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
Dostları ilə paylaş: